Rossiya bozoriga kirishni osonlashtirish uchun yangi imkoniyat!

Endilikda “O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida oziq-ovqat sanoati korxonalariga Rossiya bozoriga “Rosselxoznadzor” va “Rospotrebnadzor” reyestrlariga kirishda sunʼiy tarif va notarif to‘siqlarni yengib o‘tishda yordam beriladi!

Qo‘shimcha maʼlumot uchun:

+998333000063

19–22 may kunlari Tehronda «32 — IRAN AGRO FOOD» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19–22 may kunlari Tehronda «32 — IRAN AGRO FOOD» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 12 mamlakatdan kelgan yetakchi 840+ eksponent o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etib, 40 000 dan ortiq soha mutaxassislari va xaridorlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Yo‘nalishlar:

Agrar texnika va uskunalar

Oshxona va mehmonxona texnologiyalari

Xom ashyo va qo‘shimchalar

Ichimlik texnologiyalari

Ozik ovkat

Tadbir davomida ekspert seminar-treninglari, B2B uchrashuvlari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari tashkil etiladi

Batafsil maʼlumot uchun

+998932533444

Qandolat va muzqaymoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ochiq muloqot.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Qandolat va muzqaymoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi. Tadbirda sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilinadi.

10.05.2025 14:00

Qishloq ho‘jaligi vazirligi

Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha maʼlumot uchun:

+998333000063​

Sizni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Video-konferensiya shaklida tashkil etilgan ushbu tadbirda vazirlikning tegishli bo‘linmalari rahbarlari, tadbirkorlik subektlari vakillari hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi B.B.Umirshayxov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda alkogolsiz salqin ichimliklar (pivo, meva sharbatlari, mineral suvlar) ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati ham chuqur o‘rganildi. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik liniyalar, xomashyo bilan taʼminot, savdo va logistika masalalari yuzasidan ochiq va amaliy muloqot olib borildi.

Chorvachilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida oziq-ovqat yo‘nalishidagi klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida video-konferens-aloqa shaklida ochiq muloqot bilan birgalikda o‘tkazildi.

Muloqot davomida sohani tubdan modernizatsiya qilish, zamonaviy klaster modelini takomillashtirish, sutchilik va chorvachilik yo‘nalishlaridagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari keng muhokama qilindi.

Muloqot yakunida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi birgalikda har bir chorvador va sutni qayta ishlovchi tadbirkor fermerlar uchun real muammolar asosida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish va ularning ijrosini qatʼiy monitoring qilish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Chorvachilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda, Toshkent davlat agrar universitetida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi masʼullari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkaziladi. Tadbirda sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilinadi.

23.04.2025 11:00

TDAU faollar zali

Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha maʼlumot uchun:

@OzodovMirafzal

+998333000063​

Sizni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Falsifikat mahsulot chiqargan tadbirkorlarga jazo choralari har taraflama kuchaytirilmoqda.

Bugun, 18-aprel kuni “O‘zbekiston oziq‑ovqat sanoati” uyushmasi raisi B. Umirshayxov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mita raisi B. Yusupaliyev bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuvda, so‘nggi yillarda korxonalar sanitariya‑gigiyena nazoratida keng ko‘lamli transformatsiyaga muhtojligi alohida tilga olindi. Shu maqsadda, uyushma aʼzolari bilan qo‘mitaning birgalikda nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish, trening va seminarlar tashkil etish, falsifikat mahsulotlar bo‘yicha tizimli kurashish va korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni tezroq bartaraf etish yuzasidan monitoringni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik kengaytirish, hamkorlik memorandumini tuzish va tezroq amaliy ishlarga o‘tishga kelishib olishdi.

Toshkent davlat agrar universitetida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 15 aprel kuni TDAUda, universitetning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini ishga taqsimlash va ularni ishga joylashtirishni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralarning mutasaddi xodimlari, xorijlik ish beruvchi tashkilot, OAV vakillari hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi B.B.Umirshayxov ishtirok etdi.

Tadbirda Uyushma raisi talabalarga oziq-ovqat sohasining mehnat bozorida tajribali, amaliy mashg‘ulatlar orqali bilim olgan mutaxasislar kamligini taʼkidlab, mehnat bozoriga kirish uchun o‘qish davrida ko‘proq korxonalar bilan hamkorlikda amaliyotga borish kerakligi haqida tavsiyalar berdi hamda ishlab chiqarishda amaliyot o‘tash istagi bo‘lgan talabalarga uyushma doim sharoit yaratib berishga tayyorligini bildirdi.

“ARZEN” O‘zbekistonga kirib kelmoqda!

24-25 mart kunlari Turkiyaning mashhur muzqaymoq va shirinliklar ishlab chiqaruvchi “Arzen” brendi O‘zbekistondagi tadbirkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan uchrashadi.

“Arzen” haqida:

  • 1989-yilda Kılıçoğlu Gıda tomonidan asos solingan;
  • Maraş muzqaymoqlari, baklava, kadayif, tort va boshqa shirinliklar ishlab chiqaradi;
  • Ilg‘or texnologiyalar bilan tabiiy ingrediyentlardan tayyorlangan mahsulotlar;
  • Turkiya va xalqaro bozorlarda o‘z o‘rniga ega;

Katalogi

B2B uchrashuvda ishtirok etish:

+998333000063

@OzodovMirafzal

Xitoy delegatsiyasi bilan samarali uchrashuv!

2025-yil 14-mart kuni Jiangheyuan Investment Group kompaniyasi prezidenti Qiao Jihua va Hefeng Food Co., Ltd. vitse-prezidenti Wang Zhenyong boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, oziq-ovqat, sut fermalari va sut mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlaridagi imkoniyatlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Uyushma raisi Bahodir Umirshayxov delegatsiya aʼzolari bilan fikr va tajriba almashish bilan birga, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bu tashrif Xitoy-O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »