Qandolatchilar va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun muhim masalalar muhokama qilindi

15-aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoati palata binosida Savdo Sanoati palata raisi Davron Vahobov, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushma raisi B.Umirshayxov boshchiligida Qandolatchilar va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun muhim masalalar bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishlab chiqaruvchilarning talab va takliflari o‘rtaga tashlandi va muommolarga yechimlar ko‘rib chiqildi. Qandolat mahsulotlari va muzqaymoq mahsulotlarini eksport-import masalasida ham muzokaralar bo‘ldi.

Viloyat va tuman markazlarida oziq-ovqat yarmarkalari tashkil qilish bo‘yicha takliflar berildi.

22-fevral kuni Bojxona qo‘mitasida oziq-ovqat mahsulotlariga bag‘ishlangan videoselektor shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mutasaddi vazirlik va idoralar, viloyat hokimliklari masʼullari hamda tijorat banklari xodimlari ishtirok etishdi.

Batafsil: https://telegra.ph/22-fevral-kuni-Bozhhona-%D2%9B%D1%9Emitasida-ozi%D2%9B-ov%D2%9Bat-ma%D2%B3sulotlariga-ba%D2%93ishlangan-videoselektor-shaklida-ji%D2%93ilish-b%D1%9Elib-%D1%9Etdi-02-23

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasida, rais B. Umirshayxov boshchiligida Mikrobiologiya instituti vakillari bilan ilmiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport hajmini oshirish bo‘yicha mavzular o‘rtaga tashlandi. Aynan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chet davlatlariga sifatini buzmagan holda bir xil haroratda yetkazish bo‘yicha takliflar bildirildi. Akademik M.I.Mavloniy tomonidan ushbu taklif va murojaatlar to‘liq o‘rganib chiqilishini taʼkidlab o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda barcha tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni qiziqtirgan savol va takliflar hamda muommolar o‘rtaga tashlandi. Tez orada mahsulotlar eksportlari, ularni qadoqlash, bir xil temperaturada sifati o‘zgarmagan holda chet davlatlarga yetkazib berish bo‘yicha muommolar muhokama qilindi.

20 mart kuni Transport vaziri Ilhom Mahkamov ishtirokidagi Eksportda transport va logistika masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida xalqaro karidorlar, transport logistika xarajatlari, kompensatsiya, dozvol, viza va chegirmalar haqida muhokamalar bo‘lib o‘tdi

Tadbirda O‘simlik karantini davlat inspeksiyasi rahbari Ibroim Ergashev, Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov, Eksportchilar uyushmasi raisi Yorqin Malikov hamda ishlab chiqaruvchi yirik tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Prezidentimiz rahbarligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishda uyushmamiz raisi Bahodir Umirshayxov qatnashib, o‘z takliflarini bildirdi.

Joriy yilning 18-mart kuni davlatimiz rahbari boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda eng faol 100 dan ziyod eksportchi-tadbirkorlar, logistika korxonalar rahbarlari, respublikadagi yirik uyushma raislari ishtirok etishdi va yig‘ilish davomida ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.

Davlatimiz rahbari oziq-ovqat sanoati masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, bu yil hududiy dasturlar doirasida respublika bo‘yicha oziq-ovqat yo‘nalishida 833 million dollarlik 528 ta loyihani ishga tushirish reja qilinganligi ta‘kidlandi va shu bilan birga 14 ta tumanda oziq-ovqat bo‘yicha birorta loyiha yo‘qligi tanqid qilindi. Yig‘ilishda bu yili oziq-ovqat sanoatida kamida 100 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 1 milliard dollar eksport qilish reja qilinganligi va bu bo‘yicha jiddiy ish olib borilishi zarurligi aytib o‘tildi.

Yurtboshimiz 2023-yilda oziq-ovqat sanoati sohasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymati 86 trln so‘mni tashkil etganligi va bu boshqa yillarga nisbatan ancha o‘sish ekanligini aytib o‘tdilar.

Davlatimiz rahbari sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini eshitdi. Biz ham soha vakili sifatida oziq-ovqat yo‘nalishida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklar shuningdek soha rivojlantish uchun zarur bo‘lgan bir nechta takliflarni aytib o‘tdik. Maʼlumot o‘rnida shui aytib o‘tish joizki oziq-ovqat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida 2018-yilga nisbatan 2023-yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yaxshi o‘sish bo‘ldi. Xususan 2018-yilda tadbirkorlarimiz tomonidan qiymati 1.4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib, 3.4 trln so‘mdan oshiq mahsulot ishlab chiqarildi.

Batafsil: https://telegra.ph/Prezidentimiz-raisligida-b%D1%9Elib-%D1%9Etgan-videoselektor-ji%D2%93ilishda-uyushmamiz-raisi-Ba%D2%B3odir-Umirshajhov-%D2%9Batnashib-%D1%9Ez-takliflarini-bil-03-19

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida investisiyalarni jalb qilish va eksportni ko‘paytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mahalliy korxonalarga xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishda ko‘maklashish masalasi ham ko‘tarildi.

Ko‘plab ko‘rgazmalarda qatnashish uchun oldindan 100 foizlik to‘lovni amalga oshirish talab etilayapti. Lekin bizda 15 foiz miqdorda avans to‘lanadi, qolgan qismi yarmarka tugaganidan so‘ng o‘tkazib beriladi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni to‘liq qayta ko‘rib chiqish kerakligini taʼkidladi. Endilikda tadbirkorlarning xarajati ularning reytingidan kelib chiqib qoplab berilishi belgilandi.

Bunda, yuqori va o‘rta reytingga ega bo‘lgan tadbirkorlar uchun ko‘rgazmalarda qatnashish xarajati 100 foiz oldindan to‘lab beriladi. Past reytingga ega bo‘lganlar ko‘rgazmada ishtirok etganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan keyin xarajatining 50 foiz qismi qoplab beriladi.

Bu mexanizm tajriba sifatida 1 yil davomida amal qilishi taʼkidlandi.

Bugun 16-mart kuni, Prezident maslahatchisi Bekzod Mardonovich Mavlonov boshchiligida eksport qilish masalasida uyushma rahbarlari va tadbirkorlar orasida muhokamalarga boy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda, tadbirkorlarimiz uchun judayam kerakli masalalar, muammolar o‘rtaga tashlanib, ularga yechim berish yo‘llari aytib o‘tildi.

Muhokamalar davomida, oziq-ovqat sanoatiga tegishli xomashyolardan shakar va quruq sut mahsulotlari importidagi cheklovlar va bojlarni ishlab chiqaruvchilarga yengillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

22-fevral kuni Bojxona qo‘mitasida oziq-ovqat mahsulotlariga bag‘ishlangan videoselektor shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mutasaddi vazirlik va idoralar, viloyat hokimliklari masʼullari hamda tijorat banklari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda, Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 18 yanvar kuni 2024 yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan hamda 12 fevral kuni bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida, respublikamizda oziq-ovqat sanoatini yana-da rivojlantirish masalalari tanqidiy muhokama qilingan edi.

Batafsil: https://telegra.ph/22-fevral-kuni-Bozhhona-%D2%9B%D1%9Emitasida-ozi%D2%9B-ov%D2%9Bat-ma%D2%B3sulotlariga-ba%D2%93ishlangan-videoselektor-shaklida-ji%D2%93ilish-b%D1%9Elib-%D1%9Etdi-02-23

«Global salomatlik xavfsizligi – Oʻzbekistonda hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish, yagona salomatlik va antimikrob rezistorlik borasida salohiyatni oshirish va zoonoz tahdidlarlarini yumshatish» seminari

«Global salomatlik xavfsizligi – Oʻzbekistonda hayvonlar sogʻligʻini himoya qilish, yagona salomatlik va antimikrob rezistorlik borasida salohiyatni oshirish va zoonoz tahdidlarlarini yumshatish» seminarida O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarga o’z takliflarini bildirdi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »