Bugun O‘zbekistondagi 1-anor bayrami ilk bor Surxondaryo viloyatida o‘tkazildi.

«O‘zbekistonda bog‘dorchilik marketingiga texnik ko‘mak» loyihasi doirasida Anor yetishtiruvchilarning birinchi Respublika festivali 5-oktabr kuni o‘z ishini boshladi.

Tadbir O‘zbekiston anor yetishtiruvchilar uyushmasi tomonidan Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yosh fermerlar kengashi hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ishtirokida tashkil etildi.

Festivalda xalqaro moliya tashkilotlari hamda Ozarbayjon, Turkiya, Koreya, Xitoy, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron kabi xorijiy davlatlar vakillari qatnashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ko‘magida bir qancha anor yetishtiruvchi hamda anor sharbati ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari ham mazkur festivalda faol tarzda ishtirok etdi.

1,0 ming tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan

2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,0 ming tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 294,2 tonnaga oshgan.

O‘tgan 8 oy mobaynida import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

• Rossiya – 605 tonna

• Qozog‘iston – 325 tonna

• Fransiya – 33,5 tonna

• Litva – 28,6 tonna

• Belorus – 27,4 tonna

• Italiya – 0,2 tonna

• Niderlandiya – 0,1 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

«TUTTO FOOD» xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

Yevropa va xalqaro maydondagi eng yirik tadbir – «TUTTO FOOD» xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

8-11-may kunlari Milanda «TUTTO FOOD» xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Ko’rgazma B2B tadbir bo‘lib, har yili butun dunyodan oziq-ovqat sanoati mutaxassislarini birlashtiradi.

Bu yil ko’rgazmada 2850 nafar tadbirkorlik subyektlari hamda 80 000 dan ziyod mehmonlarning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Mazkur tadbir oziq-ovqat sanoati sohasida yangi mijozlar va hamkorlar topish uchun eng qulay platformalardan biri sanaladi.

Agarda siz ham «TUTTO FOOD» xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etishni istasangiz, quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qilib, batafsil ma’lumotlarga ega bo’lsihingiz mumkin:
+998997232111
+998712203313

Diqqat, e’lon!

Qadrli tadbirkorlar,
2023-yilning 18-20-mart kunlari Gretsiyaning Afina shahrida «FOOD EXPO» xalqaro oziq-ovqat ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Uning doirasida Janubiy-Sharqiy Yevropadagi oziq-ovqat va ichimliklar sanoati sohasidagi eng yirik tadbirlar tashkil etiladi.

Ko’rgazmaga 1350 dan ziyod tadbirkorlik subyektlari, 70 000 dan ziyod mehmonlarning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Chakana savdo va oziq-ovqat xizmatlari sanoatining yetakchi vakillari ko‘rgazma mobaynida yangi mahsulotlar hamda yo‘nalishlar bilan tanishish, butun dunyo bo‘ylab tovar yetkazib beruvchi distribyutorlar bilan biznes aloqalarini o’rnatishi va yanada mustahkamlashi mumkin!

Ko’rgazmada qatnashishni istasangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilib, batafsil ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin:
+998997232111
+998712203313

Shoshilinch e’lon!

Hurmatli tadbirkorlar,
21-25 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida «SIGEP» qandolatchilik ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Unda 1250 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari, 209 135 dan ziyod ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

❗️Eng muhimi, ko’rgazmada ishtirok etish bepul!

Ko’rgazma quyidagi sho’balarga bo’lingan holda tashkil etiladi:

? GELATO – muzqaymoq: nosanoat ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, xom ashyo, butlovchi qismlar.

? PASTRY – qandolatchilik: texnologiyalar, xom ashyo, ingredientlar, qadoqlash.

? SHOKOLAD – yuqori sifatli shokolad ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, uskunalar, xom ashyo.

☕️ QAHVA – kofe: qovurish texnologiya va uskunalari.

? NOVOVOVA – non pishirish, texnologiyalar, xom ashyo; makaron va pitsa ishlab chiqarish uchun ingredientlar.

? Arizalar 20-dekabr kunigacha qabul qilinadi.

? Ko’rgazmada qatnashish uchun batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
+998997232111
+998712203313

6 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 7 ming tonna qalampir eksport qildi.

2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan qariyb 7 ming tonna qalampir eksport qildi.

Qalampir eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga kamaygan.

2022 yilning 8 oyida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar quyidagilar:

– Qozog‘iston – 4,4 ming tonna

– Qirg‘iz R. – 866 tonna

– Rossiya – 599 tonna

– AQSH – 219,4 tonna

– Germaniya – 161 tonna

Xorijga eng ko‘p qalampir eksport qilgan hududlar:

– Surxondaryo viloyati – 1,7 ming tonna

– Farg‘ona viloyati – 1,2 ming tonna

– Jizzax viloyati – 777 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan 12-Markaziy Osiyo Savdo Forumi (CATS 12) bo‘lib o‘tmoqda.

Forum doirasida USAID ning Markaziy Osiyodagi Savdo bo‘yicha vakili tomonidan «Bojxona xizmatlarini raqamlashtirish: Qog‘ozsiz savdoga yo‘l» mavzusida Olmota shahrida seminar-trening tashkil etildi.

Unda markaziy Osiyo hukumatlari va xususiy sektor tashkilotlari uchun mintaqaviy savdoni rivojlantirish maqsadida raqamli transformatsiyani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Treningda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari ham ishtirok etib, savdoni rag‘batlantirish, bojxona va savdoni raqamlashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Barqaror rivojlanish va ekologik, ijtimoy va korporativ boshqaruv qiymatini biznesga taqdim etish» forumi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekistonda biznes barqarorligini rivojlantirish: Barqaror rivojlanish va ekologik, ijtimoy va korporativ boshqaruv qiymatini biznesga taqdim etish» forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi BMT Global Compact dasturi va BMTning Barqaror rivojlanish bo‘yicha biznes koalitsiyasining taʼsischi aʼzolari — “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, Silverleafe va ARTEL Electroniss bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan forumda atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv amaliyotining ahamiyati, barqarorlik tamoyillari va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini O‘zbekistondagi xususiy sektorga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov ham ishtirok etib, mavzuga doir fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

O‘zbekiston Xitoyga limon eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi!

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonda yetishtirilgan limonni Xitoyga eksport qilish uchun ruxsatnoma olindi.

Qayd etilishicha, ushbu sitrus meva jahonning 15 ga yaqin mamlakatiga, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasiga ham eksport qilinadi.

O‘zbekistonda limonning, asosan, “Mir” va “Mayer” navlari yetishtiriladi. Ushbu turdagi sitrus meva hosili oktyabr-noyabr oylarida yig‘ib olishga tayyor bo‘ladi va uni saqlashda zarur shart-sharoitlar yaratilsa, may oyiga qadar ham daromad olish mumkin.

Bugungi kunga qadar respublikamiz hududidagi 10 ga yaqin qadoqlash korxonasi, 100 dan ortiq issiqxona Xitoy fitosanitariya xizmati talablariga javob bera olishi tasdiqlangan.

Malumot uchun, 2022 yil boshidan buyon O‘zbekistondan 3 ming tonnaga yaqin limon eksport qilingan.

7 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 18,1 ming tonna olma eksport qildi.

2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 18,1 ming tonna olma eksport qildi.

Olma eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,1 ming tonnaga oshdi.

2022 yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar quyidagilar:

– Qozog‘iston – 12,6 ming tonna

– Rossiya – 3,9 ming tonna

– Qirg‘iz R. – 1,3 ming tonna

– Turkmaniston – 163 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »