Oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yuritasizmi?

O‘z mahsulotingizni xorijga eksport qilishni xohlaysizmi?

Qo‘shimcha imtiyozlar va imkoniyatlarga ega bo‘lishni-chi?

?? Vazirlar mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qisqa o‘quv kurslariga start beradi!

O‘quv kurslari 60% nazariy va 40% amaliy darslardan iborat bo‘lib, darslar o‘z sohasining yetuk mutaxassislari tomonidan olib boriladi, shuningdek, 2 oy davomida biriktirilgan mentorlar orqali ko‘zlangan natijaga erishish uchun qo‘shimcha yordam ham beriladi.

O‘quv kursida quyidagi mavzularda darslar bo‘lib o‘tadi:

1. Yashil ishlab chiqarish, uning afzalliklari va bosqichlari;

2. Oziq-ovqat xavfsizligi, uni qayta ishlash, kontaminatsiya;

3. Eksportga oid bilimlar, xorijiy bozor va xaridor topish usullari;

4. Bojxona, soliq, logistika va xalqaro sertifikatlar;

5. Davlat tomonidan beriladigan moliyaviy yordamlar.

6. Tadbirkorlarning tizimli muammolariga hukumatning bevosita yondashuvi orqali yechim berish;

Shuningdek, soliq, bojxona, bank, karantin va sanitariya sohalariga oid tashkilot rahbariyati bilan bevosita uchrashuv.

To‘liq o‘quv dasturi bilan tanishish uchun ushbu havola ustiga bosing.

Kursga ro‘yxatdan o‘tish:

«Sut mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarishda tejamkorlikka erishish» mavzusida bepul seminar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi (O‘zOSU) hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda «Sut mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarishda tejamkorlikka erishish» mavzusida bepul seminar bulip o‘tadi.

  • Qoldiq mahsulotlar va zardobdan foydalanib, samaradorlikni oshirish va yangi mahsulotlar yaratish;
  • Sut ishlab chiqarishda tejamkorlikka erishish yo‘llari;
  • Yangi texnologiyalar bo‘yicha amaliy maslahatlar;
  • Mahsulot sifatini yaxshilash usullari;
  • Raqobatbardoshlikni oshirish uchun yechimlar.

Spiker: Yelena Grechuk

Sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha xalqaro ekspert, texnolog

Format: Onlayn

Ro‘yxatdan o‘tish

Murojat uchun:

+998948513313

+998948713313

Joylar soni cheklangan, tezroq ro‘yxatdan o‘ting!

Joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shaxrida bo‘lib o‘tadigan Shanghai World of Packaging 2024 ko‘rgazmasiga taklif etamiz

Unda 893 ta tadbirkorlik subektlari, 99 mamlakatdan 30 mingga yaqin ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma oziq-ovqat, qandolat va ichimlik mahsulotlarini qadoqlash yo‘nalishlariga bo‘lingan holda tashkil etiladi.

Ishtirokchilarga bepul taklif etiladi:

  • Mehmonxonada 3 kecha bepul yashash;
  • transfer ayeroport-mehmonxona-ayeroport;
  • Har kuni mehmonxonadan ko‘rgazmaga va orqaga transfer;
  • Ko‘rgazmaning barcha kunlariga kirish chiptasi;
  • Haridor hududiga kirish, shuningdek, ko‘rgazmada tushlik;

Aviachipta va visa harajatlari tadbirkor hisobidan.

‼️Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif qilib qolamiz. Xurmat bilan, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoat uyushmasi.

Ro‘yxatdan o‘tish: ufia.uz/ko’rgazma/005

Murojaat uchun;

+998993313441

+998993313441

2025 yil 18-22 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida «SIGEP 2025» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rgazmada pissa tarmoqlari va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun asbob-uskunalar va xom ashyo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Unda 1200 ga yaqin tadbirkorlik subektlari, 180 000 dan ziyod ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

  • Gelato: muzqaymoq: nosanoat ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, xom ashyo, butlovchi qismlar.
  • Pasta: Tarkibiy qismlar va yarim tayyor mahsulotlar
  • Kofe: Muzlatilgan va tayyor mahsulotlar;
  • Nonvoyxona: Qadoqlash yechimlari va uskunalari;
  • Pissa tarmoqlari: Mebel, jihozlar va xizmatlar.

‼️Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif qilib qolamiz. Xurmat bilan, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoat uyushmasi.

Murojaat uchun;

+998993313441

+998993313441

“Oziq-ovqat xavfsizligi talablari va NASSR tizimini joriy qilish» mavzusida bepul o‘quv seminarlarimiz Respublika bo‘ylab davom etmoqda.

Mazkur seminar O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Amerikaning Xalqaro USAID tashkiloti bilan hamkorlikda 19 sentyabr kuni Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun Toshkent shaxrida joylashgan Reikarts mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Karzinka.Uz, Karzinka Go, Belissimo, Sayhun, AkfaFood, Anglesel Food va boshqa kompaniya vakillari qatnashib, xalqaro HACCP tizimi haqida bilimlarga ega bo‘lishdi hamda seminar yakunida xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Toshkent Kimyo texnologiyalari Instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Joriy yilning 18 sentyabr kuni, O‘zOSU raisi B.B. Umirshayxov, TKTI rektori B.Sh. Usmonov bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlik quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi:

  • Institutning o‘quv jarayoniga fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy qilishga ko‘maklashish;
  • 2-kursdan boshlab tadbirkorlik subektlarida amaliyotlar tashkil qilish va ularni ishga joylashtirish;
  • Oziq-ovqat sanoatiga istiqbolli kadrlar tayyorlashga buyurtmalar shakllantirish va malakaviy talablarni ishlab chiqish;
  • Taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish;
  • Korxonalarda amaliyot o‘tash istagidagi talabalarga, haq to‘lanadigan amaliyotlarni tashkil qilish;
  • Spin-off korxonalarini tashkil qilish;
  • Talaba va professorlar orasida sanoat turizmini yo‘lga qo‘yish.

Uchrashuvdan so‘ng Institutning texnopark va o‘quv laboratoriyalari bilan tanishtirildi.

Joriy yilning 18 sentyabr kuni Toshkentda «O‘zbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimini isloh qilish va modernizatsiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash doirasida» seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan maqsad GIZ tomonidan moliyalashtiriladigan «Kasbga yo‘naltirish va kasbiy rejalashtirish (TexVET Karyera) chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholash» loyihasi doirasida O‘zbekistonda yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, vazirliklar, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo sanoat palatasi, Toshkent shahar hokimligi hamda korporativ sektor va maktablarning hamkor vakillari bilan samarali va barqaror hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

  • Tadbir so‘ngida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Shayxontohur tuman kasb-hunar maktabi va 329 sonli umumtaʼlim maktab bilan uch tomonlama hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Endilikda, 10-11-sinf va kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ham, oziq-ovqat sanoati bo‘g‘inlarida yetuk kadr bo‘lishlari uchun aynan taʼlim dargohlarida va sanoat korxonalarida amaliy bilim olishlari mumkin bo‘ladi.

Oziq-ovqat xavfsizligi talablari va HACCP tizimini joriy qilish» mavzusida ilk bepul o‘quv seminar Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Prezidentining PF-36 farmonining «…2024-yildan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha mutaxassis kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish…» hamda «2024-yildan Xalqaro standartlar talablarini joriy etish orqali mahsulot yetishtirishni tashkil etish» maqsadida USAID tashkiloti bilan xamkorlikda 16-21-sentyabr kunlari «Oziq-ovqat xavfsizligi talablari va HACCP tizimini joriy qilish» mavzusida ilk o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

19-sentyabr kuni Toshkent shahrida o‘quv seminarning Toshkent sh. Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun bo‘lib o‘tadi.

2025-yil 18-22 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida “SIGEP” Qandolat do‘konlari, nonvoyxonalar, qahvaxonalar, pissa tarmoqlari va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun asbob-uskunalar va xom ashyo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Unda 1200 ga yaqin tadbirkorlik subektlari, 180 000 dan ziyod ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma quyidagi sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

  • Gelato: muzqaymoq: nosanoat ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, xom ashyo, butlovchi qismlar.
  • Pasta: Tarkibiy qismlar va yarim tayyor mahsulotlar
  • Kofe: Muzlatilgan va tayyor mahsulotlar;
  • Nonvoyxona: Qadoqlash yechimlari va uskunalari;
  • Pissa tarmoqlari: Mebel, jihozlar va xizmatlar.

IMPORTERLARga taklif etiladi:

  • Mehmonxonada 3 kecha bepul yashash;
  • transfer ayeroport-mehmonxona-ayeroport;
  • Har kuni mehmonxonadan ko‘rgazmaga va orqaga transfer;
  • Ko‘rgazmaning barcha kunlariga kirish chiptasi;
  • Haridor hududiga kirish, shuningdek, ko‘rgazmada tushlik;
  • Ish uchrashuvlari kunida tarjima xizmatlari;
  • Aviachipta va visa harajatlari tadbirkor hisobidan.

Eksportchilarga taklif etiladi (stend bilan ishtirok etish):

  • 16 m2 «barchasi inklyuziv» stend narxi 7,100 €;
  • Jihozlanmagan maydon 1 m2 uchun 310 € dan.

Ko‘rgazmada qatnashish uchun batafsil maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

+998993313441

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »