Iqtisodiyot va moliya vazirligida oziq-ovqat sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Ochiq muloqot jarayonida sohaga doir dolzarb muammo va takliflar ilgari surildi hamda ular yuzasidan masʼullar ishtirokida muhokamalar olib borildi.

Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi:
– oziq-ovqat sanoati mahsulotlari va xomashyosi importini tarif va notarif tartibga solish;
– oziq-ovqat sanoatida faoliyatini toʻxtatgan korxonalarni sogʻlomlashtirish;
– oziq-ovqat mahsulotlari standartlari va sertifikatlash, kadrlar malakasini oshirish.

Muloqot davomida koʻtarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda amaliy choralar koʻrish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbiri doirasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida uyushma raisi o‘rinbosari tomonidan oziq-ovqat sanoatining bugungi rivojlanish yo‘nalishlari, sohada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kasbiy rivojlanish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida innovatsion iqtisodiyot, tadbirkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda oziq-ovqat sanoatida istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Konferensiya doirasidagi uchrashuv va muloqotlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda sohaga oid yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

O‘zbekistonda “Iqlimga mos agro-oziq-ovqat investitsiya platformasi” tashabbusi muhokama qilindi

Joriy yilning – 1 aprel kunlari davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) missiyasi doirasida O‘zbekistonda “Iqlimga mos agro-oziq-ovqat investitsiya platformasi”ni tashkil etish tashabbusi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur platforma agro-oziq-ovqat tizimini barqaror, raqobatbardosh va iqlim o‘zgarishlariga chidamli shaklga o‘tkazishga qaratilgan.

Uchrashuv Oziq-ovqat sanoati uyushmasida bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma raisi Baxodir Umirshayxov hamda uyushma raisi o‘rinbosari Ziyodilla Alimov ishtirok etdi.

Tomonlar mazkur tashabbus doirasida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Toshkent shahri, 2026 yil 1 aprel

Qandolatchilik sohasiga oid muhim yangilik tadbirkorlar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.

Muayyan turdagi qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan shakar va boshqa ingrediyentlar importiga bojxona to‘lovlarini bekor qilish bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi ma’lum qilindi.

Mazkur imtiyozlar faqat qandolatchilik mahsulotlarini mamlakat ichida ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan xomashyoga nisbatan, bojxona hududida qayta ishlash rejimi doirasida qo‘llaniladi.

Ushbu qaror mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, mahsulot tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda bozordagi raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Tadbirkorlar ushbu yangilikni sohani qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.

Shuningdek, Komissiya tadbirkorlardan imtiyoz qo‘llaniladigan qandolatchilik mahsulotlari va ularning xomashyolari ro‘yxatini shakllantirish yuzasidan takliflar berishni so‘radi. Bildirilgan takliflar ko‘rib chiqilib, ma’qullangan taqdirda tegishli ro‘yxatga kiritilishi ma’lum qilindi.

“Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga kiritildi.

Mazkur Kengash davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali va tizimli muloqotni rivojlantirish, shuningdek, biznesning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida institutsional mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan.

Kengash faoliyati doirasida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, amaldagi tartib-taomillarni optimallashtirish hamda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga doir masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish nazarda tutilgan.

Mazkur tarkibga kiritilish Uyushmaning ekspert salohiyati va mamlakatda qulay biznes muhitini shakllantirish jarayonidagi oʻrnini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga aʼzo korxonalar uchun yangi imkoniyat!

Endilikda oziq-ovqat sanoati korxonalarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar davlat oliy taʼlim muassasalarining masofaviy yoki kechki taʼlim shakllariga suhbat asosida o‘qishga imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

Bu imtiyozdan foydalanib, siz ham o‘z korxonangiz xodimlarini oliy taʼlim bilan taʼminlashingiz mumkin.

1-avgustga qadar xodimingizning maʼlumotlarini bizga taqdim eting.

1-15 avgust kunlari uyushma tomonidan bu maʼlumotlar DTMga topshiriladi va DTM suhbat jarayonini tashkil etadi.

Batafsil maʼlumot uchun:

+998997232111

Kuzgi ko‘rgazmalar mavsumi — keng professional auditoriyaga o‘z mahsulot va yechimlaringizni taqdim etish uchun ajoyib imkoniyatdir!

18-19-20 NOYABR

20-chi Xalqaro «UzAgroExpo – 2025» ko‘rgazmasi – qishloq xo‘jaligi

20-chi Xalqaro “UzProdExpo-2025” ko‘rgazmasi – oziq-ovqat sanoati

8-chi Xalqaro “InterPackExpo-2025” ko‘rgazmasi – qadoqlash sanoati

Sohadagi asosiy voqealarni o‘tkazib yubormang – ishtirok etish uchun hoziroq ariza qoldiring: www.ieg.uz

O‘tkazilish joyi: “O‘ZEKSPOMARKAZ” MKK AJ, Toshkent

+998933900179

+998712385959

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga aʼzo tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, quruq sut, tayyor va xomashyo mahsulotlarini eksport va import qilishdagi maummolar, veterinariya xizmatlarini rivojlantirish hamda yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalar muhokama qilinadi.

Sanasi: 18-iyun soat 11:00

Ro‘yhatdan o‘tish: @OzodovMirafzal

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »