Xitoy delegatsiyasi bilan samarali uchrashuv!

2025-yil 14-mart kuni Jiangheyuan Investment Group kompaniyasi prezidenti Qiao Jihua va Hefeng Food Co., Ltd. vitse-prezidenti Wang Zhenyong boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, oziq-ovqat, sut fermalari va sut mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlaridagi imkoniyatlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Uyushma raisi Bahodir Umirshayxov delegatsiya aʼzolari bilan fikr va tajriba almashish bilan birga, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Bu tashrif Xitoy-O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish uchun raqamli platforma taqdimoti!

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda hamkor tashkilotlar tomonidan 20-fevral kuni qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish uchun raqamli platforma namoyish qilinadi.

Ushbu innovatsion yechim:

  • Yer resurslarini samarali boshqarish,
  • Dehqon va fermerlar uchun aniq maʼlumot taqdim etish,
  • Qishloq xo‘jaligi barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.
  • Ishtirok etish

Meeting ID: 959 6933 2425

Passcode: 26010038

O’ZBEKISTON-POKISTON BIZNES FORUMI

Joriy yilning 25-26 fevral kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Pokiston biznes forumi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida O‘zbekiston va Pokistonning iqtisodiy salohiyati keng namoyish etilib, investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
Forum doirasida G2B va B2B muzokaralari tashkil etilib, o‘zaro manfaatli loyihalar va tashabbuslar yuzasidan fikr almashiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda! Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali shaklni to’ldiring

Oziq-ovqat sanoatida xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rais maslahatchisi Bobur Rasulov «INDUS FOOD» ko‘rgazmasi doirasida bir qator muhim uchrashuvlarni o‘tkazdi.

U Xindistonda eng muvaffaqiyatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “SU‘HANA” kompaniyasi rahbariyati, Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari kengashi raisi kapitan Vika Gupta janoblari va Braziliyalik «Braziliya – Xindiston Savdo-sanoat palatasi» vakili Diana Blekman bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvlarda oziq-ovqat sanoatida turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi va kelishuvlarga erishildi.

Investitsiyalar sohasini jadal rivojlantirishga oid qonun muhokama qilindi.

8 yanvar kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda muhokama qilinib, unda investorlar huquqlarini himoya qilish, investorlarning kafolatlari va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiq qonunchilikni takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Qonun loyihasida:

Adolatli va teng huquqli munosabatlar

Investitsiya faoliyatini himoya qilish

Investitsiya loyihalari uchun imtiyozlar ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, xorijiy investitsiyalar uchun talablar yumshatilmoqda: ustav fondidagi xorijiy sarmoyalar ulushi 15% dan 10% ga tushirilmoqda.

Yig‘ishda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi B. Umirshayxov ekspert sifatida ishtirok etib yangi qonun bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Hindiston Expo Center & Mart, Greater Noida ko‘rgazmasida uyushma delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada qandolat, sog‘lom oziq-ovqatlar, sut, go‘sht, dengiz mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlarga qiziquvchi importyorlar, distribyutorlar va chakana sotuvchilar ishtirok etmoqda.

Bugun «INDUS FOOD»ko‘rgazmasida Hindistonning Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sanoati vaziri Chirag Paswan janoblari bilan O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakili Bobur Rasulov, oziq-ovqat sanoatida hamkorlik masalasi bo‘yicha muhokama o‘tkazdi.

Biznes-ombudsman o‘rinbosari hamda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari bilan uchrashuv: Oziq-ovqat sanoati muammolari va yechimlari

Bugun, 9 yanvar kuni Biznes-ombudsman devonida oziq-ovqat sanoati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sohada ishlab chiqarish hajmini oshirish, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdagi muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda oziq-ovqat sanoatida import-eksport, sertifikatsiya, xom-ashyo, kontrafakt tovarlar, sotuv borasida mavjud muammolar muhokama qilindi.

12–20 DEKABR — OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI YARMARKASI!

Tadbirkorlarga katta imkoniyat!

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Savdo sanoat palatasi bilan hamkorlikda joriy yilning12 dekabrdan 31 dekabrga qadar tashkil qilinayotgan «Oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi»da ishtirok eting va sotuvlaringizni ko‘paytiring!

Ishtirok etish BEPUL!

Barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar qabul qilinadi!

Joylar cheklangan, shoshiling!

Nega ishtirok etish kerak?

– Mahsulotlaringizni katta auditoriyaga taqdim etish;

– Yangi mijozlar va hamkorlar topish;

– Yil oxirida savdo hajmini oshirish;

Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil maʼlumot uchun:

+998333000063

Tadbirkorlar uchun bu – savdo mavsumini yuqori ko‘rsatkichlar bilan yakunlash imkoniyati!

Anxor lokomotiv park(Angar)

“UzAgroExpo-2024”, “UzProdExpo-2024” va “InterPackExpo-2024” xalqaro ko‘rgazmalarida dunyoning 13 davlatidan 120 dan ortiq kompaniya va brendlar!

REG-X.UZ saytida ro‘yxatdan o‘ting va katta miqyosdagi tadbirlarning bir qismiga aylaning!

XIX Xalqaro “UzAgroExpo-2024” ko‘rgazmasi – qishloq xo‘jaligi

XIX Xalqaro “UzProdExpo-2024” ko‘rgazmasi – oziq-ovqat sanoati

VII Xalqaro “InterPackExpo-2024” ko‘rgazmasi – qadoqlash sanoati

O‘tkazilish sanalari:

20-21-22 NOYABR

O‘tkazilish joyi: “O‘ZEKSPOMARKAZ” MKK AJ

Toshkent, O‘zbekiston.

+998933900179

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan quyidagi vakolatlar taqdim etildi

  • Intellektual mulk obyektlarini aniqlaydi hamda ularning belgilangan tartibda milliy va xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun tegishli choralar ko‘radi;
  • Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalarni topshiradi;
  • Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovarlarning xususiyatlari saqlab qolinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan mazkur geografik obyekt uchun xos bo‘lgan sharoitlar yo‘qolganligi to‘g‘risida hamda geografik ko‘rsatkich o‘ziga nisbatan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, reyestrda ko‘rsatilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish mumkin emasligi haqida xulosa beradi;
  • Geografik ko‘rsatkich bilan tamg‘alangan va ushbu Uyushmaga kiruvchi shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning xususiyatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • Uyushma aʼzolari faoliyatida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganlik holatlari bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim etadi;
  • Uyushma aʼzolarining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganligi haqidagi murojaatlarini adliya organlariga yuboradi;
  • Uyushma aʼzolarining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganligi haqidagi holatlar aniqlanganda, adliya organlariga bu haqda xabar beradi;
  • Adliya organlari bilan birgalikda Uyushma aʼzolari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda intellektual mulk huquqiga rioya etilish yuzasidan o‘quv-mashg‘ulotlar va seminarlar tashkilashtiradi;
  • Uyushma aʼzolari o‘rtasida intellektual mulk obyektlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yuzasidan takliflar bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazadi.

Murojaat uchun: @OzodovMirafzal

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »