O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi xodimlari «CERT ACADEMY GROUP» xalqaro o’quv kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ISO 22000: 2018 (HACCP) Xalqaro standarti bo’yicha 3 kunlik o’quv kurslarini tamomlashdi.

ISO 22000: 2018 – bu oziq-ovqat sifati va xavfsizligi uchun mas’ul bo’lganlarga maxsus ishlab chiqilgan keng qamrovli kurs hisoblanadi.

Kurs davomida ishtirokchilar xatarlarni boshqarish, aloqa menejmenti, xavfli omillar tasnifi va oziq-ovqat xatarlarini aniqlash, xavf tahlili va xavfni baholash, harakatgacha bo’lgan dasturlarni (PRP) ishlab chiqish usullari, xavfni boshqarish rejasi (OPRP va HACCP), EMSning ichki auditi (rejalashtirish, o’tkazish, hisobot berish, psixologik jihatlar) bo’yicha yangi bilimlar olishdi va ichki auditorlik huquqiga ega bo’lishdi.

Kurs so’nggida, GIZ ning O’zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimi Jahongir Jo’rayev tomonidan uyushma vakillariga Sertifikat topshirildi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Nima sababdan dunyoda har yili gilosning eksporti 365,27 ming dollarga o’sib bormoqda?

Har yili gilosning dunyo miqyosidagi eksporti 363,27 ming dollarga o’sib, boshqa donakli mevalar — shaftoli, olxo’ri, o’rik va olcha savdosi ko’rsatkichlarini sezilarli darajada ortda qoldirmoqda.

Mutaxassis Andrey Yarmakning so’zlariga ko’ra, shirin gilosning jahon bozoridagi mashhurligini oshirishga hissa qo’shgan bir muhim kashfiyot Modified Atmosphere Packaging (MAP) texnologiyasi, ya’ni o’zgartirilgan atmosfera qadoqlari hisoblanadi.

Mazkur kashfiyot sizga gilosning yangiligi, sifatini 60 kungacha sezilarli darajada yo’qotmasdan saqlashga imkon beradi.

MAP texnologiyasi shirin gilosning dengiz logistikasi tizimi doirasidagi ko’plab imkoniyatlarini ochib berdi, bu esa uni yetkazib berish narxini havo logistikasiga nisbatan ancha pasaytirdi.

Bugungi kunda, MAP texnologiyasi tufayli gilosni dengiz konteynerlarida dunyoning deyarli hamma joylariga tashish mumkin.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarining qadrli foydalanuvchilari!

O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarining qadrli foydalanuvchilari!

Uyushma guruh va kanallaridagi qonun-qoidalar bilan tanishing:

Mumkin:

  • sohada yuz berayotgan o’zgarishlar, muammo va kamchiliklar bo’yicha fikrlaringizni qoldirishingiz;
  • muhokama jarayonlarida o’z tashabbusingiz bilan faol ishtirok etishingiz;
  • oziq-ovqat sanoati sohasiga doir yangiliklarni ulashib borishingiz.

Mumkin emas:

  • kishi sha’niga tegadigan so’zlar(vulgarizm) bilan izoh qoldirish, o’zgalarni tahqirlab yoki noo’rin ayblab guruh hamda kanallarda yozish;
  • feyk xabarlar va oziq-ovqat sanoati sohasiga taalluqli bo’lmagan ma’lumotlarni tarqatish;
  • reklama qilish.

Yuqorida belgilangan me’yorlarga amal qilmagan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Oziq-ovqat sanoati uyushmasining telegram va facebookdagi guruh hamda kanallaridan avtomatik tarzda bloklanadi!

Dunyodagi eng xaridorgir meva-sabzavot mahsulotlari qaysi?

Dehqonlar uchun dunyoda qaysi meva-sabzavot mahsulotlari eng ko’p xaridorligini bilish muhimdir, chunki aynan shu mahsulotlarga talab doimiy ravishda oshib boradi.

Bugungi kunda jahonda meva-sabzavot eksporti bo’yicha eng tez o’sib borayotgan mahsulot turi avokadodir. Uning qiymati har yili 780 million dollarga o’smoqda.

FAO ekspertining so’zlariga ko’ra, avakado bilan bir qatorda, dunyo bo’ylab ko’k mevalar eksporti hajmi ham har yili 14 foizga o’sib bormoqda, buni pulda hisoblaganda esa 500 million dollarni tashkil etadi.

Undan tashqari, banan, shirin gilos va malina meva-sabzavot eksporti bo’yicha dunyoning TOP-5 ro’yxatida turadigan mevalari safiga kiradi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati 14-apreldan O‘zbekistonning qator tadbirkorlik subyektlariga nisbatan pomidor va qalampir yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovni bekor qilgan.

Rossiyaning Veterinar va fitosanitar nazorat federal xizmati (Rosselxoznadzor) 14-apreldan O‘zbekistonning qator tadbirkorlik subyektlariga nisbatan pomidor va qalampir yetkazib berishga qo‘yilgan cheklovni bekor qilgan.

Endilikda, Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryodagi 17 ta korxona Rossiyaga o‘z mahsulotini yetkazib berishni boshlashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Rossiya o‘tgan yilning oxirida O‘zbekistondan keltirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarida pomidorning jigarrang burishish virusi (ToBRFV) aniqlangani sababli pomidor va qalampir importiga cheklov joriy qilgandi.

Ammo O‘zbekiston tomoni mamlakatda pomidorning jigarrang burishish virusi (ToBRFV) aniqlanmaganini ma’lum etilgan.

Eslatib o’tamiz, «Rosselxoznadzor» 3-martdan Oʻzbekistonning 6 ta korxonasiga Rossiyaga pomidor olib kirishga ruxsat bergan edi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

2021-yil yanvar-mart oylari davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 97,2 million AQSH dollari miqdorida tovarlar eksporti amalga oshirildi.

Yangi O’zbekiston nashrida xabar berilishicha, 2021-yil yanvar-mart oylari davomida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan 97,2 million AQSH dollari miqdorida tovarlar eksporti amalga oshirildi.

Jumladan:

• meva-sabzavot mahsulotlari – 29,5 million dollar yoki 30,31 foiz;

• toʻqimachilik mahsulotlari – 23,6 million dollar yoki 24,24 foiz;

• transport va uning ehtiyot qismlari – 8,9 million dollar yoki 9,11 foiz;

• oziq-ovqat mahsulotlari – 8,7 million dollar yoki 8,92 foiz;

• kalava ip – 7,8 million dollar yoki 8,0 foiz;

• hayvonlar uchun ozuqalar – 5,0 million dollar yoki 5,13 foiz;

• boshqa mahsulotlar – 13,9 million dollarlik yoki 14,10 foiz eksport hajmini tashkil etgan.

Oziq-ovqat sohasidagi eng so’nggi yangiliklardan kanalimiz orqali xabardor bo’ling! Kuzatishda davom eting!

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Musulmonlar orasida Ramazon oyi nima uchun muqaddas sanaladi?

Ramazon taqvimi

Negaki, Islom dinida aynan shu oyda Alloh Muhammad (s.a.v)ga Qurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Ushbu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyurilgan. Ramazon hijriy yil hisobining 9-oyi hisoblanadi.

Kitoblarda yozilishicha, ramazon arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri ya’ni dastlab, yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi Muhammad (s.a.v)ga Qurʼon nozil qilingan.

Ramazon oyida roʻza tutish hijraning 2-yili joriy etilgan. Ramazon oyining ilk kunini ham yorug’ yuz bilan qarshi olish arafasida turibmiz, beadad shukurlar bo’lsin!

Ro’za turishni niyat qilganlarga Allohning o’zi kuch-quvvat, sabr-u qanoat ato etsin!

? Qalbingizni doimo Islom nuri yoritib tursin, azizlar!

Hurmat bilan O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi…

FAO ning O’zbekistondagi subregional vakolatxonasi tomonidan uchrashuv tashkil etildi.

BMTning Markaziy Osiyodagi Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ning O’zbekistondagi subregional vakolatxonasi tomonidan gibrid formatda (onlayn va oflayn) uchrashuv tashkil etildi.

Undan ko’zlangan asosiy maqsad mahalliy va xalqaro hamkorlarni 2021-2025-yillarda PSA doirasida rejalashtirilgan dasturlar va tadbirlar bilan tanishtirish hamda kelgusidagi hamkorlik dasturlarini muhokama etishga qaratilgan hisoblanadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlandi. Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov ham ishtirok etib, quyidagilarni ta’kidladi:

  • FAO bilan hamkorlik tashkilotimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Fao tomonidan ilgari surilgan barcha maqsad hamda vazifalar uyushmaning maqsadlariga to’liq mos keladi, desak, adashmaymiz.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish korporatsiyasi» Jamg`armasi bilan hamkorlik memorandumi

Memorandum doirasida

• mamlakatimiz va Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyati tadbirkorlari o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish;

• axborot, konsalting va marketing bo’yicha o’zaro aloqalarni mustahkamlash;

• kadrlar tayyorlash borasida ma’lumot va tajriba almashish;

• savdo-iqtisodiy missiyalar, forumlar, ishbilarmonlik uchrashuvlarini tashkil etish;

• biznes vakillarini o’z mamlakatlari iqtisodiyoti va eksport imkoniyatlari bilan tanishtirish uchun delegatsiyalar almashish hamda yana bir qancha masalalarda kelishib olindi.

Rossiya Federatsiyasidagi yirik gipermarketlar tarmog’i hisoblangan «LENTA» bilan hamkorlik memorandumi

«LENTA» gipermarketlar tarmog’i 1993-yilda Sankt-Peterburgda tashkil etilgan bo’lib, hozirda Rossiya bo’ylab 88 ta shaharda 248 ta gipermarket obyektlariga ega sanaladi.

Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur kompaniya o’n ikkita mahsulot tarqatish markazlarini boshqaradi.

«LENTA» gipremarketlar tarmog’i, odatda, arzon narxlardagi gipermarketlarning bir nechta formatlarini ishlab chiqadi: ular marketing va narx siyosati, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari assortimentida o’zaro farqlanadi.

Siz ham «LENTA» gipermarketlar tarmog’i bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishni istasangiz, quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin:

+998997232111
+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »