Hurmatli tadbirkorlar!

2021-yil 5-6-7-aprel kunlari INNOPROM ya’ni «O’ZBEKISTONDA BUYUK SANOAT HAFTASI» XALQARO SANOAT KO’RGAZMASI tashkil etilmoqda.

Mazkur ko’rgazmada siz ham ishtirok etib, ushbu imkoniyatlarga ega bo’lishingiz mumkin:

• mahsulotlaringizni xalqaro miqyosdagi keng ko’lamli ekspozitsiyaning bir qismi sifatida namoyish etish;

• biznes dasturining maxsus mavzuli sessiyalari va B2B uchrashuvlarida qatnashish;

• ko’rgazmaning kommunikatsion platformasida biznes loyihalarning taqdimotida ishtirok etish.

INNOPROM doirasida O’zbekiston, Rossiya, Fransiya, Belorussiya, Qozog’istonning 200 dan ortiq eksponentlari – yirik kompaniyalar vakillari, shuningdek, o’rta va kichik biznes vakillari o’z mahsulotlarini namoyish etadilar.

Sizda ham mazkur ko’rgazmada ishtirok etish istagi bo’lsa, quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin:

+998997232111
+998712203313

Oziq-ovqat sanoati uyushmasining qadrli kuzatuvchilari!

World of trade

Endilikda siz uyushmaga a’zoligingiz ortidan Qozog’istonning Exim Expo platformasi bilan shartnoma tuzishdagi to’lovlardan 20% lik chegirmani qo’lga kiritish imkoniyatiga egasiz!

Ushbu platformadan foydalanish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lasiz:

• Yangi hamkorlar topish, B2B uchrashuvlarida qatnashish;

• MDH mamlakatlarining chakana savdo tarmoqlari va distribyutorlaridan iborat biznes-delegatsiyalarining tovarlaringizga bo’lgan qiziqishini aniqlash;

• Xalqaro miqyosda yangi mijozlarning mahsulotlaringizni xarid qilishga bo’lgan ishtiyoqini orttirish;

• Chet ellik ishbilarmon doira vakillari bilan muzokaralar olib borishda yordam, o’tkazilgan uchrashuvlar hamda dayjest haqida hisobotga ega bo’lish va hakozolar.

Agarda siz ham Qozog’istonning Exim Expo onlayn platformasidan imtiyozli tarzda ro’yxatdan o’tish imkoniyatini qo’lga kiritishni istasangiz, quyidagi manzilga hoziroq murojaat qiling:

+998997232111
+998712203313

MDH davlatlarining shakar bozori konferensiyasi bo’lib o’tdi

MDH davlatlarining shakar bozori konferensiyasi bo’lib o’tdi

Yig’ilishda Markaziy Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida shakar bozorining faoliyati, jahon shakar bozoridagi talab va takliflarning muvozanati masalalari ko’rib chiqildi.

Shu bilan birgalikda, mazkur sohani rivojlantirishda mahalliy doiradagi chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ichki iste’mol uchun yetarli bo’lgan shakar ishlab chiqarish darajasini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish bo’yicha ham muhokamalar o’tkazildi.

Konferensiya ikki formatda ya’ni Radisson Slavyanskaya mehmonxonasida oflayn tarzda hamda Zoom platformasida videokonferensaloqa rejimida tashkil etildi. Unda O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umrishayxov ham ishtirok etdi.

B. Umirshayxovning ta’kidlashicha, shakarning strategik xususiyatini hisobga olgan holda, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun ushbu mahsulotni ishlab chiqarish davlat hududida joylashgan bo’lishi kerak.

Yosh Menejer dasturi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko’zlangan asosiy maqsad oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishga qiziquvchi yoshlarni sohadagi faoliyatga jalb qilgan holda, ularga nazariy ilm hamda amaliy tajribani ulashish hisoblanadi.

Memorandum doirasida Yosh Menejer dasturi ishtirokchilaridan eng tashabbuskor 5 nafari tanlab olinib, Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ko’magi ostida xalqaro o’quv dasturlarida bepul o’qitiladi.

Oziq-ovqat sanoati bo’yicha ta’lim dasturini samarali yakunlaganlarga xalqaro miqyosda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi maxsus Sertifikat beriladi. Sertifikatni qo’lga kiritganlarga mahalliy doirada 5-10 mln, chet davlatlarda 1500-2000$ maoshlik ish taklif qilinadi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
@UFIAgr @ufia_uz

O‘zbekiston meva va sabzavotlarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 86,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 131,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

O‘zbekiston meva va sabzavotlarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

✅ Qozog‘iston – 16,9 mln.
✅ Rossiya – 16,5 mln.
✅ Xitoy – 13,7 mln.
✅ Qirg‘iziston – 7,7 mln.
✅ Pokiston – 7,5 mln.
✅ Afg‘oniston – 5,2 mln.
✅ Ozarbayjon – 2,8 mln.
✅ Turkiya – 2,1 mln.
✅ Turkmaniston – 1,8 mln.
✅ Ukraina – 1,4 mln.
✅ AQSh – 1,3 mln.
✅ Belarus Respublikasi – 1,2 mln.
✅ Tojikiston – 1,2 mln.
✅ Germaniya – 1,1 mln.
✅ BAA – 1,0 mln.
✅ Iroq – 972,5 ming
✅ Boshqalar – 4,4 mln. AQSh dollari

? Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
@UFIAgr @ufia_uz

INDUS FOOD xalqaro ko’rgazmasi oziq-ovqat sanoati vakillari ishtirok etishdi

Indusfood-2021

INDUS FOOD xalqaro ko’rgazmasi oziq-ovqat sanoati vakillarining hamkorlar bilan ma’lumot almashish va aloqa o’rnatish uchun Janubiy Osiyodagi eng katta platformalaridan biri hisoblanadi.

Shu sababdan, o’z biznesini yangi bosqichga ko’tarish niyatida mazkur ko’rgazmada qatnashayotgan mahalliy ishbilarmon doira vakillari Hindistonlik biznesmenlar bilan B2B uchrashuvlarida ishtirok etishdi.

Qadimdan oziq-ovqat savdosining epitsentri bo’lgan Hindiston bugungi kunda ham zamonaviy oziq-ovqat savdosining asosiy global ishtirokchisi sanaladi.

Ushbu davlat vakillari bilan tashkil etilgan B2B uchrashuvlarida tropik mevalar va turli oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish masalalarida O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari hamda mahalliy ishbilarmon doira vakillari muzokaralar olib borishdi va uning natijasi o’laroq, samarali kelishuvlarga erishildi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
@UFIAgr @ufia_uz

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Toshkent kimyo-texnologiya institutida o’tkazilgan anjumanda ishtirok etdi

«Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarishda noan’anaviy yo’nalishlar» Respublika ilmiy-texnikaviy anjumanda O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi sanoatni rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’laqonli ta’minlashning dolzarb masalalari to’grisida nutq so’zladi. Prezentatsiya davomida oziq-ovqat sanoatidagi o’zgarishlar, muammolar va ularning yechimi haqida batafsil to’xtalib o’tildi.

Shuningdek, anjuman mobaynida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektor va prorektorlari, oziq-ovqat sanoati vakillar va boshqalar mavzu yuzasidan o’z fikrlarini bildirishdi.

Bundan tashqari, Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashda innovatsion texnologiyalarning o’rni va mahsulotlar sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar kabi masalalar ham anjuman davomida ko’rib chiqildi.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi BMTning Oziq-ovqat va Qishloq xo’jaligi tashkiloti O’zbekiston vakolatxonasida (FAO Uzbekistan) Sherzod Umarov bilan ko’rishdi.

Yig’ilish mobaynida uyushma raisi batafsil uyushmaning faoliyati, amalga oshirilishi kutilayotgan rejalar hamda birgalikda qilinishi kerak bo’lgan loyihalar haqida aytib o’tdi. Hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish ham ko’rib chiqildi.

Bundan tashqari, FAO doirasidagi qishloq xo’jalik va oziq-ovqat sanoati sohasiga doir loyihalarni moliyalashtirish masalalari ham dolzarb mavzu sifatida Sherzod Umarov tomonidan aytib o’tildi. O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021-2025-yildagi harkatlar strategiyasi ham tomonlar o’rtasida muhokama qilindi.

Penza hududining O’rta Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari to’grisida zoom yig’ilishi tashkil etildi!

Yig’ilish davomida Penzadagi eksportni qo’llab-quvvatlash markazi rahbari, «Delovaya Rossiya»ning Samara vakolatxonasi raisi, «Delovaya Rossiya»ning Efiopiya xalq-demokratik Respublikasi biznes elchisi, O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi, «Delovaya Rossiya»ning Vengriyadagi biznes elchisi hamda O’zbekistondagi vakili eksportni takomillashtirish to’g’risida nutq so’zladilar.

Bundan tashqari, Penzadagi eksport qiluvchi tadbirkorlarni O’zbekiston bozorlari bilan tanishtirish, sifatli va xavfsiz savdo tizimini ishlab chiqish va O’rta Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa davlatlarida amalga oshirish to’g’risida ham bahs-munozaralar olib borildi. O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi yig’ilish qatnashuvchilarini uyushma faoliyati, oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha qilinayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar bilan tanishtirib o’tdi.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi O’zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan forumda!

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi O’zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan forumda!

Forumda ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy lohiyahalar tasdiqlandi. Ushbu loyihalarga investitsiya ajratilishi ta’kidlab o’tildi. Saralab olingan 60 ga yaqin loyihalar ko’rib chiqilib, ulardan 31 tasi bilan forum davomida shartnoma imzolandi.

Jumladan, tibbiyot, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi sohalarida – dorivor o’simliklarni yetishtirish, muhandislik qurilish institutini tashkil qilish, va boshqa loyihalar ko’rib chiqildi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »