26-may. «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi

Soat 10:10 da O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rasmiy ochilish marosimi hamda uning doirasida tashkil etilayotgan press-konferensiya dasturiga start berildi.

Ayni damda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xojaligi masalalari va ekologiya qomitasi raisi Tadjiyev Baxodir Sadullayevich oziq-ovqat sanoatining mamlakat aholisi salomatligi uchun ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirib o’tmoqdalar!

Oziq-ovqat sanoati uyushmasi rasmiy ochilish marosimi!

Qadrli kuzatuvchilar,
26-may sanasida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

Tadbirda uyushmaning tashkil etilganidan buyon(29.10.2020) yetti oylik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, kelgusida rejalashtirgan maqsad va vazifalari haqida so’z boradi.

Shuningdek, bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda eksport qilishda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, sohada yuzaga kelayotgan masalalar va ularga yechim bo’lgan tendensiyalar mavzulariga alohida to’xtalib o’tiladi.

Marosimda turli vazirlik, qo’mita, agentlik va xalqaro tashkilotlar vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.

? Agarda sizda ham ushbu tadbirda qatnashish istagi bo’lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

+998997232111
+998712203313

Ramazon Hayiti muborak bo’lsin!

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutlaymiz!

Fazilatli kechgan ulug‘ oyni g‘animat bilib tutgan ro‘zangiz, o‘qigan Qur‘oningiz Qiyomat kunida sizga shafoatchi bo‘lsin.

Amalga oshirgan ibodatlaringiz maqbul bo’lsin, Yaratgan taqvoingiz va ilmingizni ziyoda qilsin!

Oilangizga tinchlik-totuvlik, ishlaringizga baraka, o’zingizga sihat-salomatlik tilaymiz!

Kelgusi Ramazonlarga ham har birimizni omonlikda yetkazsin!

Hurmat bilan O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi…

Dukkakli o’simliklar chiqindisidan daromad topish imkoniyati!

Endilikda yetishtirgan dukkakli mahsulotingiz chiqindisidan ham daromad olish imkoniyati mavjud!

Qadrli tadbirkorlar! Agarda siz o’z yer va tomorqangizda dukkakli o’simliklar, soya, makkajo’xori va paxta yetishtiradigan bo’lsangiz, ularning hosilidan chiqadigan chiqindilarni ham sotishingiz mumkin.

Ayni paytda O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga chorva uchun ozuqa ishlab chiqarishga yuqorida ta’kidlanganidek mahsulotlarni qayta ishlash bo’yicha hamkorlik qilishga buyurtmalar kelib tushmoqda.

Mahsulot chiqindilaridan ham daromad topish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

Hamkorlik qilmoqchi bo’lsangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling:
+998903558677

O’zbekistonning qaysi hududi qancha pomidor eksportini amalga oshiradi?

Davlat statistika qo‘mitasida keltirilishicha, joriy yilning 1-choragida xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilgan hududlar va eksport miqdori quyidagicha:

  • Toshkent viloyati – 5,2 ming tonna;
  • Buxoro viloyati – 3,7 ming tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 3,1 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 2,3 ming tonna;
  • Surxondaryo viloyati – 1,6 ming tonna;
  • Andijon viloyati – 838,6 tonna;
  • Farg‘ona viloyati – 830,1 tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 723,4 tonna;
  • Navoiy viloyati – 547,3 tonna;
  • Namangan viloyati – 523,5 tonna;
  • Toshkent shahri – 510,5 tonna;
  • Jizzax viloyati – 362,2 tonna;
  • Samarqand viloyati – 268,2 tonna;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 157,1 tonna.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

2021-yil birinchi choragida mamlakatimizda sabzavot yetishtirish 5% ga oshdi!

sabzavot

Joriy yilning birinchi choragida O’zbekistonda 65 721 tonna sabzavot yetishtirildi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 5% ga ko’p hisoblanadi.

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, yetishtirilgan sabzavotlarning asosiy qismi dehqon xo’jaliklari (67,3 %) va qishloq xo’jaligi tashkilotlariga (20,8 %) to’g’ri keladi.

Shaxsiy fermer xo’jaliklarining ulushi atigi 11,9 %ni egallaydi.

Birinchi chorakda navbati bilan 19 346 tonna va 13 808 tonna sabzavot yetishtirishga muvaffaq bo’lgan Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ko’rsatkichlarda mintaqalar nuqtai nazaridan sezilarli darajada yetakchilik ko’rsatmoqda.

Dastlabki ikki mintaqadan ancha orqada qolgan bo’lsa-da, beshta yetakchi hududlar qatoriga Buxoro (4994 tonna), Andijon (3809) va Qashqadaryo (3202) viloyatlari kirdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi (617) va Jizzax viloyatida (984) shu paytga qadar 1000 tonnadan kam sabzavot yetishtirildi.

Tojikistonning issiqxonalarda yil boshidan buyon 534,6 tonnadan ortiq pomidor yig’ildi.

Tojikistonda joriy yil may oyi boshiga qadar issiqxonalardan 534,6 tonnadan ortiq pomidor, 102,4 tonna bodring va 283 tonnadan ortiq boshqa sabzavot turlari yig’ib olindi.

Tojikiston Qishloq xo’jaligi vazirligi o’simliklarni yetishtirish departamentining tezkor ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatda issiqxona sabzavotlari qariyb 86 gektar maydonda o’sadi.

Tojikistonda mazkur yil boshidan beri doimiy issiqxonalarda sabzavot ekish 85,1 gektar maydonda amalga oshirilgan.

Pomidorlar 53,2 gektar maydonda, bodring 15 gektar maydonda o’stiriladi, qolgan issiqxonalarni boshqa sabzavot turlari egallaydi.

Ayni paytda Tojikistonning markaziy qism bozorlaridagi pomidorning bir kilogrammi naviga qarab 15 dan 20 somoniygacha (1,33 – 1,75 dollar) narxda sotilmoqda.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Eron 2020-yilda 800 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi.

2021-yil mart oyi oxiriga kelib Eron 743 ming tonna yangi pishgan olma eksport qildi. Bundan tashqari, mart oyida eksport o’tgan yilga nisbatan 157 ming tonna yuqori bo’ldi!

Taqqoslash uchun, Ukraina 2021-yil martgacha Eronga qaraganda o’rtacha 4 baravar kam olma eksport qildi.

Aprel-iyul oylarida Erondan olma eksporti 180-220 ming tonna, mavsum davomida esa uning umumiy hajmi 950 ming tonnani tashkil etadi.

Avvalgi mavsumda Erondan olma sotib oluvchi asosiy bozorlar Iroq, Rossiya va Afg’oniston edi. 2020-yil avgustidan 2021-yil martigacha bo’lgan davrda Eron olma eksportining 73%i ushbu uch mamlakatga to’g’ri keldi. Erondan yana 29 foiz olma Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Qozog’istonga yetkazib berildi.

Ba’zi mamlakatlarda piyoz, bodring va sabzi narxi sezilarli darajada o’zgardi.

Aprel oyining so’nggi haftasida O’zbekiston, Tojikiston, Belorusiya, Ukraina, Gruziyada piyoz, bodring va sabzi narxi sezilarli darajada o’zgardi.

Gruziyada bodring narxi ushbu haftada 46,8 foizga kamaydi.

Belorusiyada bu davrda bodring narxi, aksincha, oshdi (o’tgan haftaga nisbatan + 53,5%): qisqa yumaloq bodring 2,45 dollar / kg, issiqxonada yetishtirilgan uzun silliq bodring – 1,95 dollar / kg.

O’zbekistonda sabzi narxi o’sishda davom etmoqda (o’tgan haftaga nisbatan + 25,4%) va shu hafta oxirida uning narxi $ 0.48 / kg ga yetdi. Yangi va eski sabzi ekinlarining narxi hali barqarorlashmagan. O’tgan yilgi sabzi zaxirasi oz, yangi hosil hali ko’p emas.

Ukrainada ham sabzi narxi sezilarli darajada oshdi – o’tgan haftaga nisbatan 41,6%.

Tojikistonda piyoz narxi 55 foizga pasaygan. Ayni paytda Tojikistonda piyozni 0,05 dollar / kg ga sotib olish mumkin.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Ukrainada sarimsoqning Ayder nomli yangi turi 2021-yil mart oyida ro’yxatdan o’tkazildi.

Yangi nav yaratilishining asosiy sabablaridan biri mamlakat aholisini 10-12 tonna / g dan yuqori bo’lgan sifatli savdo mahsulotlari bilan ta’minlashdir. Yuqori mahsuldorlik Ayder navining kichraytirilganligi bilan bog’liq bo’lib, u yuqori zichlikka bardosh bera oladi. Mazkur nav bir donasining og’irligi 50 g dan oshadi.

Hozirgi paytga qadar Ayder navi konserva va go’shtni qayta ishlash korxonalari, shuningdek chakana savdo tarmoqlarida sinovdan o’tkazildi.

2020-yilda yangi navning birinchi hosili Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, xususan, Litvaga yetkazib berildi. Yevropalik iste’molchilar ushbu mahsulotning organoleptik xususiyatlari va agrotexnologik ko’rsatkichlari bo’yicha sifatidan qoniqishdi. Bundan tashqari, yangi navning kasallik va zararkunandalarga chidamliligi xaridorlarga juda ma’qul bo’ldi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »