2025-yil 18-22 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida “SIGEP” Qandolat do‘konlari, nonvoyxonalar, qahvaxonalar, pissa tarmoqlari va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun asbob-uskunalar va xom ashyo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Unda 1200 ga yaqin tadbirkorlik subektlari, 180 000 dan ziyod ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma quyidagi sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

  • Gelato: muzqaymoq: nosanoat ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, xom ashyo, butlovchi qismlar.
  • Pasta: Tarkibiy qismlar va yarim tayyor mahsulotlar
  • Kofe: Muzlatilgan va tayyor mahsulotlar;
  • Nonvoyxona: Qadoqlash yechimlari va uskunalari;
  • Pissa tarmoqlari: Mebel, jihozlar va xizmatlar.

IMPORTERLARga taklif etiladi:

  • Mehmonxonada 3 kecha bepul yashash;
  • transfer ayeroport-mehmonxona-ayeroport;
  • Har kuni mehmonxonadan ko‘rgazmaga va orqaga transfer;
  • Ko‘rgazmaning barcha kunlariga kirish chiptasi;
  • Haridor hududiga kirish, shuningdek, ko‘rgazmada tushlik;
  • Ish uchrashuvlari kunida tarjima xizmatlari;
  • Aviachipta va visa harajatlari tadbirkor hisobidan.

Eksportchilarga taklif etiladi (stend bilan ishtirok etish):

  • 16 m2 «barchasi inklyuziv» stend narxi 7,100 €;
  • Jihozlanmagan maydon 1 m2 uchun 310 € dan.

Ko‘rgazmada qatnashish uchun batafsil maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

+998993313441

Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi «Intercontinental hotel» mehmonxonasida “Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari” mavzusida xalqaro forumning ochilish marosimiga start berildi.

Forumni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kirish so‘zi bilan ochib berib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti va importi, oziq-ovqat xavfsizligi mavzusida so‘z yuritdi.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov spiker sifatida qatnashmoqda.

Forum davom etmoqda.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »