O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi tadbirkorlarimiz uchun foydalimi yoki zararli?

Jahon bozori standartlariga mos mahsulotlar qanday bo‘ladi? Xorijdan haridorlar topish-chi?

Hozirda tadbirkorlarni qanday muammolar qiynayapti va ularni qanday hal qilish mumkin?

?Shu va shu kabi savollarga javob olish maqsadida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi o‘rinbosari Husniddin Ismoilov (https://t.me/Husniddin_Ismoilov_blog) bilan intervyu tashkil qildik.

Ushbu intervyuda ekspertimiz yuqoridagi savollarga javob berish bilan bir qatorda jahon va ichki bozorimizdagi holat, mahsulotlarni eksport va import qilish, davlat tomonidan beriladigan, lekin ko‘p tadbirkorlar bilmaydigan imtiyozlar, oziq-ovqat sanoati sohasidagi yangi qonunlar va horijdan mijoz topishning samarali usullari kabi mavzularga batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Biz aniq bilamizki, ushbu intervyuni ko‘rib, ko‘plab tadbirkorlar o‘zlarini anchadan buyon qiynab kelayotgan muammolariga konkret yechimlarga ega bo‘ladilar.

TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »