2025 yil 18-22 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida «SIGEP 2025» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rgazmada pissa tarmoqlari va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun asbob-uskunalar va xom ashyo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Unda 1200 ga yaqin tadbirkorlik subektlari, 180 000 dan ziyod ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

  • Gelato: muzqaymoq: nosanoat ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, xom ashyo, butlovchi qismlar.
  • Pasta: Tarkibiy qismlar va yarim tayyor mahsulotlar
  • Kofe: Muzlatilgan va tayyor mahsulotlar;
  • Nonvoyxona: Qadoqlash yechimlari va uskunalari;
  • Pissa tarmoqlari: Mebel, jihozlar va xizmatlar.

‼️Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif qilib qolamiz. Xurmat bilan, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoat uyushmasi.

Murojaat uchun;

+998993313441

+998993313441

“Oziq-ovqat xavfsizligi talablari va NASSR tizimini joriy qilish» mavzusida bepul o‘quv seminarlarimiz Respublika bo‘ylab davom etmoqda.

Mazkur seminar O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Amerikaning Xalqaro USAID tashkiloti bilan hamkorlikda 19 sentyabr kuni Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun Toshkent shaxrida joylashgan Reikarts mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Karzinka.Uz, Karzinka Go, Belissimo, Sayhun, AkfaFood, Anglesel Food va boshqa kompaniya vakillari qatnashib, xalqaro HACCP tizimi haqida bilimlarga ega bo‘lishdi hamda seminar yakunida xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »