Joriy yilning 18 sentyabr kuni, O‘zOSU raisi B.B. Umirshayxov, TKTI rektori B.Sh. Usmonov bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Hamkorlik quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi:
- Institutning o‘quv jarayoniga fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy qilishga ko‘maklashish;
- 2-kursdan boshlab tadbirkorlik subektlarida amaliyotlar tashkil qilish va ularni ishga joylashtirish;
- Oziq-ovqat sanoatiga istiqbolli kadrlar tayyorlashga buyurtmalar shakllantirish va malakaviy talablarni ishlab chiqish;
- Taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish;
- Korxonalarda amaliyot o‘tash istagidagi talabalarga, haq to‘lanadigan amaliyotlarni tashkil qilish;
- Spin-off korxonalarini tashkil qilish;
- Talaba va professorlar orasida sanoat turizmini yo‘lga qo‘yish.
Uchrashuvdan so‘ng Institutning texnopark va o‘quv laboratoriyalari bilan tanishtirildi.