“O‘zbekiston-Eron” biznes-forumi» va B2B formatidagi uchrashuvlar

Hurmatli tadbirkorlar!

Eron Islom Respublikasining Markaziy viloyati hokimi boshchiligida ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida joriy yilning 20 avgust kuni soat 10:30-13:00 da Toshkent shahridagi «AZIMUT Grand Hotel Tashkent» mehmonxonasida ikki mamlakat rasmiylari va yetakchi kompaniyalari ishtirokida “O‘zbekiston-Eron” biznes-forumi» va B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Eron tadbirkorlari bilan quyidagi sohalarda uchrashuvlar o‘tkaziladi:

– Oziq-ovqat sanoati
– Qishloq xo‘jaligi
– Qurilish sanoati
– Temir mahsulotlari
– Tog‘-kon sanoati
– neft va gaz
– avtomobil va ehtiyot qisimlar
– uy-ro‘zg‘or buyumlari va maishiy texnika
– to‘qimachilik

Ushbu ikki tomonlama uchrashuvlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish hamda mavjud hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Uchrashuvda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
+998915778347

Poytaxtimizning Olmazor tumanida eksport va ishlab chiqarish quvvatlari kengaymoqda

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev rahbarligidagi Hukumat komissiyasi Toshkent shahri Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi bilan tanishdi. Ushbu loyihalar doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, eksport hajmini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

  • Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshiriladi.
    «Ardent Foods» MCHJning (N’MEDOV brendi ostida mahsulot ishlab chiqaradi) $15 mlnlik loyihasi doirasida korxona quvvati yiliga 35 ming tonnaga yetkazilib, 800 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Korxona tomonidan $7 mlnlik mahsulot eksport qilinib, $32 mlnlik import o‘rni bosilmoqda.
  • Chinni idishlar ishlab chiqarishda yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. «Kar Porcelain Tashkent» MCHJning $25 mlnlik xorijiy investitsiya asosidagi loyihasi to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 50 mln dona mahsulot ishlab chiqarish va 700 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning birinchi bosqichi 2025-yil sentyabrda ishga tushirilgan. Ikkinchi bosqichni joriy yil IV choragida yakunlash rejalashtirilgan.

???? Qurilish sanoati uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilmoqda. «ALWOOD» MCHJda $10 mlnlik loyiha doirasida metall konstruksiyalar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish kengaytirilmoqda. Zamonaviy uskunalar o‘rnatilishi natijasida korxona to‘liq quvvatda ishlaganda yiliga 300 tonna mahsulot ishlab chiqarish va 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunida tadbirkorlarning taklif va murojaatlari ko‘rib chiqilib, loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Ochiq muloqotda tadbirkorlarning takliflari koʻrib chiqilib, amaliy yechimlar muhokama qilinmoqda

Ochiq muloqot davomida oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya, fitosanitariya, eksport, biologik preparatlar ishlab chiqarish hamda agrologistika sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalarni ko‘tardilar.

Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar tomonidan amaliy izohlar berildi va takliflarni amalda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Eng ko‘p muhokama qilingan masalalardan biri veterinariya vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi bo‘ldi. Tadbirkorlar veterinariya dori vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddatini amaldagi 5 yildan 7 yilgacha uzaytirishni taklif qildi.

Shuningdek, mahsulot tarkibi, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki boshqa asosiy ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan hollarda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdorini kamaytirishni ko‘rib chiqish masalasi ilgari surildi.

Mavjud tartiblar xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Oziq-ovqat sanoati korxonalarida dual ta’lim tizimi joriy etiladi

​O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Professional ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari Shayxnazar Sharafuddinov va Uyushma raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

​Uchrashuvda «Roʻzmetov» va «Zarqand» kabi yirik ishlab chiqarish korxonalarida dual ta’lim tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ushbu tizimning afzalliklari hamda loyihada qatnashuvchi tashkilotlar uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va preferensiyalar tushuntirildi.

​Muzokaralar natijasida Uyushmaga a’zo boshqa korxonalarni ham ushbu loyihaga keng jalb etish va tizimni yanada rivojlantirishga qaror qilindi.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 yilning 8 iyun kuni O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasida Ozarbayjonning yetakchi “ACR GROUP” kompaniyasi delegatsiyasi hamda go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda sohaning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi:
– Oziq-ovqat xavfsizligi: Ishlab chiqarish zanjirida xalqaro standartlarni so‘zsiz taʼminlash;
– Innovatsion saqlash tizimlari: Xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlashning ilg‘or texnologik yechimlarini joriy etish;
– Sifat va muddat: Mahsulotlarning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda, ularning yaroqlilik muddatini uzaytirish.

Xalqaro tajriba almashish va ilg‘or andozalarning integratsiya qilinishi mahalliy mahsulotlarning ichki bozordagi sifatini hamda tashqi bozorlardagi eksport raqobatbardoshligini yuksaltirishga xizmat qiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligida oziq-ovqat sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

Ochiq muloqot jarayonida sohaga doir dolzarb muammo va takliflar ilgari surildi hamda ular yuzasidan masʼullar ishtirokida muhokamalar olib borildi.

Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha masalalar koʻrib chiqildi:
– oziq-ovqat sanoati mahsulotlari va xomashyosi importini tarif va notarif tartibga solish;
– oziq-ovqat sanoatida faoliyatini toʻxtatgan korxonalarni sogʻlomlashtirish;
– oziq-ovqat mahsulotlari standartlari va sertifikatlash, kadrlar malakasini oshirish.

Muloqot davomida koʻtarilgan masalalar, bildirilgan takliflar va ilgari surilgan murojaatlar belgilangan tartibda koʻrib chiqish hamda amaliy choralar koʻrish uchun tegishli vazirlik va idoralarga yuborildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan “Karyera kuni” tadbiri doirasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida uyushma raisi o‘rinbosari tomonidan oziq-ovqat sanoatining bugungi rivojlanish yo‘nalishlari, sohada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kasbiy rivojlanish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida innovatsion iqtisodiyot, tadbirkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda oziq-ovqat sanoatida istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Konferensiya doirasidagi uchrashuv va muloqotlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda sohaga oid yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushma raisi o’rinbosari Germaniya-O’zbekiston Biznes Kengashining (DUWIRAT) nufuzli 10-yig’ilishida ishtirok etmoqda.

Yubiley yigʻilishi doirasida uyushma vakillari germaniyalik hamkorlar bilan oziq-ovqat sanoatiga ilg’or nemis texnologiyalarini joriy etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qo’shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilmoqdalar.

Uchrashuvlardan ko’zlangan asosiy maqsad – sohadagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va mahalliy mahsulotlar eksportini Yevropa bozorlariga kengaytirishdir.

O‘zbekiston-Germaniya: Hamkorlikning yangi bosqichi!

​Bugun “O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni – 2026” forumi boʻlib otdi.

​Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Germaniya delegatsiyasi va soha rahbarlari qatorida Assotsiatsiyamiz Raisi ham ishtirok etdi.

​Eng asosiy urg‘u berilgan masalalar:
???? Dual ta’lim tizimi: Germaniya tajribasi asosida kadrlar tayyorlash — talabalarni ham nazariya, ham bevosita ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot orqali o‘qitishni kengaytirish.
???? Investitsiyalar va Sanoat: Yashil iqtisodiyot, logistika va ishlab chiqarish sohalarida yangi qo‘shma loyihalar.
???? Biznesga ko‘mak: Nemis kompaniyalari uchun bojxona va savdo jarayonlarini yanada soddalashtirish, hamda oʻzbek tadbirkorlariga visa masalasida koʻmak.

​Assotsiatsiyamiz tarmoqqa ilg‘or nemis texnologiyalari va dual ta’lim tizimini faol jalb etishda davom etadi!

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »