Muhtarama opa-singillar, aziz ayollar!

Sizlarni go‘zallik va nafosat ayyomi — 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Xonadonlarimizdan mehr-muhabbat, yuzlaringizdan tabassum va qalbingizdan bahoriy quvonch hech qachon arimasin. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq va oilaviy baxt tilaymiz!

Mashaqqatli va sharafli ishlaringizda zafarlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Go‘zallik va latofat sizni aslo tark etmasin!

Bayram barchangizga qutlug‘ kelsin!

Xurmat bilan,

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov.

2026 yil 16-20 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida «SIGEP 2025» ko‘rgazmasi bo‘ladi. Ushbu ko‘rgazmada pissa tarmoqlari va muzqaymoq ishlab chiqaruvchilar uchun asbob-uskunalar va xom ashyo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Unda 1200 ga yaqin tadbirkorlik subektlari, 180 000 dan ziyod ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

  • MUZQAYMOQ: muzqaymoq ishlab chiqarish uchun uskunalar, xomashyo va qadoqlash vositalari
  • QANDOLAT MAHSULOTLARI / SHOKOLAD: qandolat mahsulotlari va shokolad ishlab chiqarish uchun uskunalar, xomashyo va qadoqlash vositalari
  • NON VA BO‘TQALAR: non va pishiriq ishlab chiqarish uchun uskunalar, xomashyo va qadoqlash vositalari
  • PISSA: pissa tayyorlash uchun uskunalar, xomashyo va texnologiyalar
  • QAHVA: qahva qovurish va qadoqlash uchun uskunalar

Delegatsiya uchun UFIA tomonidan taʼminlanadi:

  • Butun delegatsiya uchun Bolonya aeroportidan guruhli transfer.
  • Ko‘rgazma markaziga barcha kunlar uchun butun delegatsiyaga bepul kirish chiptasi.
  • Har bir delegatga yashash yoki transport xarajatlari uchun 100 yevro miqdorida kompensatsiya.
  • Kompensatsiya tadbir davomida naqd pul shaklida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lanadi.

Barchangizni ushbu ko‘rgazmaga taklif qilib qolamiz.

Xurmat bilan, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoat uyushmasi.

Ro‘yhatdan o‘tish:

+998932533444

«Made in Uzbekistan» yarmarkasi – Ulan-Bator, Mongoliya!

Pechenye va shirinliklar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun 2025 yil 27–28 avgust kunlari Mongoliyaning Ulan-Bator shahridagi Savdo-sanoat palatasining Savdo uyida o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun yirik «Made in Uzbekistan» yarmarkasi tashkil etiladi!

  • Mongoliya bozoriga chiqish imkoniyati
  • Yangidan-yangi hamkorlik va eksport shartnomalari
  • Mahsulotini olib boradigan tadbirkorlar uchun aviabilet xarajatining 50% Palata tomonidan qoplab beriladi!

+998932533444

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga aʼzo korxonalar uchun yangi imkoniyat!

Endilikda oziq-ovqat sanoati korxonalarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar davlat oliy taʼlim muassasalarining masofaviy yoki kechki taʼlim shakllariga suhbat asosida o‘qishga imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

Bu imtiyozdan foydalanib, siz ham o‘z korxonangiz xodimlarini oliy taʼlim bilan taʼminlashingiz mumkin.

1-avgustga qadar xodimingizning maʼlumotlarini bizga taqdim eting.

1-15 avgust kunlari uyushma tomonidan bu maʼlumotlar DTMga topshiriladi va DTM suhbat jarayonini tashkil etadi.

Batafsil maʼlumot uchun:

+998997232111

SZS — Rossiya savdo tarmoqlari bilan hamkorlik

2025-yil davomida Rossiyaning yetakchi 700+ chakana tarmoqlari va 12 000+ yetkazib beruvchi faol ishtirok etgan Sentr Zakupok Setey (CZS) platformasi sizni biznesingizni yangi bosqichga olib chiqishga chaqirmoqda!

Platforma imkoniyatlari:

  • 100+ riteyl tarmoqlari bilan bevosita muzokaralar
  • II yordamida prezentatsiya va tijorat taklifini tayyorlash
  • Biznes uchrashuvlar statistikasi va natijalarni tahlil qilish
  • 5000+ faol ishtirokchi bo‘lgan hamkorlik hamjamiyati
  • Onlayn vebinarlar va konsultatsiyalar

2024-yil natijalari:

  • 1500+ shartnoma
  • 51 milliard rubl (≃ 570 million AQSH dollari)lik kelishuvlar
  • Bir tadbirda 1900+ muzokara

CZS Hosted Supplier dasturi sizni quyidagilar bilan taʼminlaydi:

  • Maqsadli xaridorlar bilan B2B uchrashuvlar
  • Siz uchun mos tarmoqlar bilan tayyorlangan grafik
  • Onlayn platforma orqali tayyorgarlik va hisobotlar
  • Shartnoma tuzish imkoniyati yuqori — 2–7 kontrakt har bir ishtirokchida!

Ishtirokchi majburiyatlari:

  • Muayyan vaqtda muzokaralarda faol qatnashish va mahsulotni taqdim etish.

Ro‘yhatdan o‘tish:

+998770442228

Kuzgi ko‘rgazmalar mavsumi — keng professional auditoriyaga o‘z mahsulot va yechimlaringizni taqdim etish uchun ajoyib imkoniyatdir!

18-19-20 NOYABR

20-chi Xalqaro «UzAgroExpo – 2025» ko‘rgazmasi – qishloq xo‘jaligi

20-chi Xalqaro “UzProdExpo-2025” ko‘rgazmasi – oziq-ovqat sanoati

8-chi Xalqaro “InterPackExpo-2025” ko‘rgazmasi – qadoqlash sanoati

Sohadagi asosiy voqealarni o‘tkazib yubormang – ishtirok etish uchun hoziroq ariza qoldiring: www.ieg.uz

O‘tkazilish joyi: “O‘ZEKSPOMARKAZ” MKK AJ, Toshkent

+998933900179

+998712385959

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga aʼzo tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, quruq sut, tayyor va xomashyo mahsulotlarini eksport va import qilishdagi maummolar, veterinariya xizmatlarini rivojlantirish hamda yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalar muhokama qilinadi.

Sanasi: 18-iyun soat 11:00

Ro‘yhatdan o‘tish: @OzodovMirafzal

Ecomondo 2025: Atrof-muhit innovatsiyalari va yashil iqtisodiy o‘sishning markazi!

2025-yilning 4–7-noyabr kunlari Italiyadagi Rimini shahrida Ecomondo-2025 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu yirik xalqaro tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni samarali boshqarish va yashil iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish bo‘yicha dunyoning yetakchi platformasidir.

Ko‘rgazmada quyidagi sohalar bo‘yicha zamonaviy yechimlar taqdim etiladi:

  • Atrof-muhit monitoringi va boshqaruvi
  • Yashil energiya va qayta tiklanadigan resurslar
  • Sanoat chiqindilarini qayta ishlash va chiqindilarni kamaytirish
  • Barqaror qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini boshqarish
  • Shahar ekologiyasi va aqliy infratuzilmalar

Hosted Buyers dasturi doirasida quyidagi bepul imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • 3 kecha mehmonxonada yashash (nonushta ila)
  • Bolonya shahri ayeroportidan/ga transfer
  • Har kuni mehmonxonadan ko‘rgazmaga va orqaga transfer
  • Bepul kirish chiptasi
  • Buyer zonega kirish (garderob, kafe-bar, tushlik, Wi-Fi)
  • Biznes uchrashuvlarni oldindan tashkil qilish uchun onlayn platformaga kirish
    • Bayerning majburiyatlari:
  • 10 ta biznes uchrashuv o‘tkazish va ko‘rgazmada kamida 2 kun ishtirok etish.

Ro‘yhatdan o‘tish:

+998932533444

Italiyada bo’lib o’tadigan ko’rgazmada qatnashing !

Ekspozitsiya haqida umumiy maʼlumot:

Sana: 2025 yil 4–7 noyabr

Joylashuv: Rimini, Italiya

Veb-sayt: https://en.ecomondo.com/

  • Chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash
  • Suv resurslari va oqova sularni tozalash
  • Bioyoqilg‘i va agroekologiya
  • Yerlarni rekultivatsiya qilish va ekologik monitoring
  • Biomahsulotlar, eko-dizayn, bioiqtisodiyot
  • Eko-do‘st ixtisoslashtirilgan transport

Tashkilotchi professional ishtirokchilarni Hosted Buyers dasturi doirasida taklif etadi va quyidagi bepul imkoniyatlarni taqdim etadi:

• 3 kecha mehmonxonada yashash (nonushta ila)

• Bolonya shahri aeroportidan/ga transfer

• Har kuni mehmonxonadan ko‘rgazmaga va orqaga transfer

• Bepul kirish chiptasi

• Buyer zone launjiga kirish (garderob, kafe-bar, tushlik, Wi-Fi)

• Biznes uchrashuvlarni oldindan tashkil qilish uchun onlayn platformaga kirish

Bayerning majburiyatlari: 10 ta biznes uchrashuv o‘tkazish va ko‘rgazmada kamida 2 kun ishtirok etish.

Batafsil ma‘lumot uchun: +998932533444

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »