Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida:

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportini kengaytirish.

Laboratoriyalar oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizlik va sifat bo‘yicha xalqaro talablarga muvofiq sinovdan o‘tkazish imkonini beradigan zamonaviy uskuna va materiallar bilan jihozlash.

Laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyalash.

Sinov protokollarini ishlab chiqish.

Eksport qiluvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish.

Qo‘mita xodimlarining malakasini oshirish.

Standartlarni uyg‘unlashtirish kabi vazifalar amalga oshiriladi.

«O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati» uyushma raisi Bahodir Baxtiyarovich boshchiligida Turkiyaning Global Is Getlistirme Platformasi raisi Burhaneddin Yildiz, Alfa Turk Gruop kompaniyasi rahbari Mehmet Turker hamda uyushmaga aʼzo bir qator tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokara davomida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik, Turkiyalik investorlarni jalb qilish, Tarmoqli oziq-ovqat do‘konlarni birgalikda O‘zbekistonda tashkil qilish, o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlarini Turkiya, Suriya, Arab davlatlariga eksport masalalari muhokama qilindi.

Turkiya davlatida ishonchli xaridorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni hohlaysizmi? Unda Sizlarni Turkiyaning Alfa Turk Group kompaniyasi bilan 15 may soat 11 00 da bo‘ladigan uchrashuvga taklif qilamiz.

Muhokama mavzulari:

  • Alfa Turk Group taqdimoti
  • Turkiya bozorining talab va tendensiyalari
  • Turkiyalik investorlarni jalb qilish
  • Mahalliy mahsulotlarni eksport qilish
  • Qo‘shimcha maʼlumot uchun:

+998333000063

«O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati» uyushmasi binosi

2–5 iyul kunlari Istambul shahrida «F-Istanbul 2025» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 2–5 iyul kunlari Istambul shahrida «F-Istanbul 2025» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. F-Istanbul 2025 ko‘rgazmasi – Turkiyaning eng yirik oziq-ovqat, ichimlik mahsulotlari hamda ularni qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari namoyishi. Bu yili ham butun dunyo bo‘ylab yetakchi brendlar va tarmoq xaridorlari bir joyda to‘planadi.

Sanoat yo‘nalishlari:

  • Oziq-ovqat va ichimliklar;
  • Yong‘oqlar, quritilgan mevalar va snacklar;
  • Pechene, shokolad va konfet mahsulotlari;
  • Qayta ishlash va qadoqlash uskunalari;
  • Do‘kon jihozlari, savdo dizayni va mehmonxona uskunalari;
  • Gigiyena va kundalik isteʼmol mollari.

Quyidagi imkoniyatlar bepul taqdim etiladi:

  • Mehmonxonada 2 kecha joylashuv
  • Transfer xizmatlari
  • Ko‘rgazmaga kirish chiptasi
  • Tantanali kechki ovqat

Ro‘yhatdan o‘tish:

+998932533444

Joriy yilning 10 may kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qandolat va muzqaymoq mahsulotlari ishlab chiqarish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov raisligida o‘tgan yig‘ilishda ayni yo‘nalishdagi ishlarning bugungi holati, mahsulot qadoqlashdagi nomuvofiqliklar va kontrafaktga qarshi kurashish tizimi sustligi, tadbirkorlik faoliyatlarida duch kelayotgan to‘siqlar, moliyaviy-texnik muammolar va tashqi bozorlarga, ayniqsa Rossiya bozoriga chiqishdagi cheklovlar haqida gapirdi.

Yig‘ilish yakunida mavjud muammolardan kelib chiqib, har bir yo‘nalish bo‘yicha kompleks taklif va chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi masʼullarga yuklatildi.

Rossiya bozoriga kirishni osonlashtirish uchun yangi imkoniyat!

Endilikda “O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida oziq-ovqat sanoati korxonalariga Rossiya bozoriga “Rosselxoznadzor” va “Rospotrebnadzor” reyestrlariga kirishda sunʼiy tarif va notarif to‘siqlarni yengib o‘tishda yordam beriladi!

Qo‘shimcha maʼlumot uchun:

+998333000063

19–22 may kunlari Tehronda «32 — IRAN AGRO FOOD» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19–22 may kunlari Tehronda «32 — IRAN AGRO FOOD» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda 12 mamlakatdan kelgan yetakchi 840+ eksponent o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etib, 40 000 dan ortiq soha mutaxassislari va xaridorlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Yo‘nalishlar:

Agrar texnika va uskunalar

Oshxona va mehmonxona texnologiyalari

Xom ashyo va qo‘shimchalar

Ichimlik texnologiyalari

Ozik ovkat

Tadbir davomida ekspert seminar-treninglari, B2B uchrashuvlari va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari tashkil etiladi

Batafsil maʼlumot uchun

+998932533444

Qandolat va muzqaymoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ochiq muloqot.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Qandolat va muzqaymoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi. Tadbirda sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilinadi.

10.05.2025 14:00

Qishloq ho‘jaligi vazirligi

Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha maʼlumot uchun:

+998333000063​

Sizni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Video-konferensiya shaklida tashkil etilgan ushbu tadbirda vazirlikning tegishli bo‘linmalari rahbarlari, tadbirkorlik subektlari vakillari hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi B.B.Umirshayxov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda alkogolsiz salqin ichimliklar (pivo, meva sharbatlari, mineral suvlar) ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati ham chuqur o‘rganildi. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik liniyalar, xomashyo bilan taʼminot, savdo va logistika masalalari yuzasidan ochiq va amaliy muloqot olib borildi.

Chorvachilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida oziq-ovqat yo‘nalishidagi klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida video-konferens-aloqa shaklida ochiq muloqot bilan birgalikda o‘tkazildi.

Muloqot davomida sohani tubdan modernizatsiya qilish, zamonaviy klaster modelini takomillashtirish, sutchilik va chorvachilik yo‘nalishlaridagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari keng muhokama qilindi.

Muloqot yakunida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi birgalikda har bir chorvador va sutni qayta ishlovchi tadbirkor fermerlar uchun real muammolar asosida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish va ularning ijrosini qatʼiy monitoring qilish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »