Ramazon hayiti bilan samimiy qutlaymiz

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutlaymiz!

Fazilatli kechgan ulug‘ oyni g‘animat bilib tutgan ro‘zangiz, o‘qigan Qur‘oningiz Qiyomat kunida sizga shafoatchi bo‘lsin.

Amalga oshirgan ibodatlaringiz maqbul bo’lsin, Yaratgan taqvoingiz va ilmingizni ziyoda qilsin!

Oilangizga tinchlik-totuvlik, ishlaringizga baraka, o’zingizga sihat-salomatlik tilaymiz!

Kelgusi Ramazonlarga ham har birimizni omonlikda yetkazsin!

Hurmat bilan O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi…

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning “GSP+” tizimi benefitsiari maqomini yangi muddatga uzaytirmoqda

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi O‘zbekiston zarur konvensiyalarni ratifikatsiya qilgani va 2024 yildan 2034 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan “GSP+” tizimining benefitsiari maqomini yangi muddatga uzaytirish uchun barcha asoslarga ega ekanini qayd etdi.

Ushbu fikrlar O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Yevroparlament aʼzolari bilan bo‘lib o‘tgan va O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021 yil 10 apreldan boshlab, Yevropa Ittifoqiga 6200 turdagi tovarlarni bojsiz eksport qilish imkonini beruvchi Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimiga qo‘shilgan edi.

Sarxil pomidorning ulgurji narxi so‘nggi bir haftada keskin pasaydi

Buning sababi, issiqxonalardan mazkur turdagi mahsulotni yetkazib berish hajmi ko‘paygan va shu bilan birga, mamlakatizning janubiy viloyatlaridan plyonka ostida tunnel usulida yetishtirilgan pomidor hosilining birinchi ulgurji partiyalari ham bozorga chiqdi.

2023 yil 7 apreldan 14 aprelga qadar qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 33 000 dan 22 000 so‘mgacha pasaygan.

Ushbu mahsulot narxi ketma-ket ikkinchi hafta pasayib borayotganini inobatga olsak, 2023 yil 31 martdan 14 aprelgacha qizil dumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 39% ga pasaygan.

Bugun Toshkentda mamlakat miqyosida oziq-ovqat sanoati uchun muhim tadbir bo‘lib o‘tdi

Unda so‘ngi o‘n yil ichida birinchi marta go‘sht va sut sanoatining yirik hamda o‘rta ishlab chiqaruvchilari dolzarb muammolar va ularni hal qilish yo‘llarini muhokama qilish uchun birlashdilar.

Davra suhbatida ishtirok etgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning umumiy hajmi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarning 35 foizidan ortig‘ini tashkil etayotganligi taʼkidlandi.

Tadbir FAO (Food and agriculture organization), YETTB (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki) va UzOSU (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi) qo‘shma loyihasi asosida amalga oshirildi.

Asosiy mavzular xom ashyo mavjudligi, ishlab chiqarish hajmi to‘g‘risidagi haqiqiy maʼlumotlarning yetishmasligi muammolariga bag‘ishlandi.

1,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,4 ming tonna limon eksport qilgan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,4 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 131 tonnaga oshgan.

2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar quyidagilar:

– Rossiya – 953 tonna

– Qirg‘iz R. – 244 tonna

– Qozog‘iston – 165 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Diqqat, e’lon!

2023 yil 5 aprel kuni «Sut va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish» mavzusida tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida tashkil etilmoqda.

Unda go‘sht va sut sanoatining global tendensiyalari va muammolari, bozor tahlili, bioxavfsizlikning yangi masalalari, mikroblarga qarshi qarshi kurash singari mavzular muhokama qilinadi.

Manzil: «Velara Hotel» mehmonxonasi

Boshlanish vaqti: 10:00

Ishtirok etish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

+998997232111

+998712203313

Rad etilgan meva-sabzavotlarning 60 foizi Turkiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Yevropa oziq-ovqat va ozuqa-yem haqida tezkor ogohlantiruv tizimi (RASFF)ning joriy yil birinchi choragidagi maʼlumotlariga ko‘ra, rad etilgan meva-sabzavotlarning 60 foizi Turkiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Chunki, ular tarkibida YEI tomonidan foydalanishga ruxsat berilmagan ingrediyentlar mavjud.

Birinchi chorakda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari meva-sabzavot import qiladigan mamlakatlarga bergan 298 ta ogohlantiruvdan 180 tasi Turkiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Pestitsidlarning ortiqcha miqdori, asosan, sitrus mevalarda qayd etilgan. Eng ko‘p aniqlangan modda metilxlorpirifos yoki xlorpirifosdir.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Navoiy viloyatida katta yong‘oq plantatsiyasi barpo etilmoqda

Nurota tumanida umumiy qiymati 500 000 dollarga baholangan 200 gektar maydonda yong‘oq plantatsiyasini tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Nurota tumani hokimligi tomonidan xorijiy kapital ishtirokidagi «Angora agro industrial» masʼuliyati cheklangan jamiyatining yirik yong‘oq plantatsiyasi tashkil etish tashabbusi maʼqullandi.

Kompaniyaning asoschisi Turkiyadan kelgan investordir. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaga jami sarmoya miqdori 500 000 AQSH dollarini tashkil etadi.

Manbaga ko‘ra, hududga o‘zagi oq, qobig‘i yupqa yong‘oq plantatsiyalari yotqiziladi.

«Yong‘oq plantatsiyasini yaratish uchun biz 1500 gektar maydonda tuproq tarkibi va holatini o‘rgandik. Yakunda 200 gektar yer tanladik va joriy mavsumda u yerga 50 000 ta ko‘chat ekishni rejalashtirganmiz», — deya taʼkidladi turkiyalik investor Musayid Fatin.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

2023 yilda Toshkent viloyatida kavrak yetishtiriladigan maydonlar olti barobardan ziyodga oshadi

O‘zbekistonda dorivor o‘simlik – kavrak yetishtirish va undan xomashyo ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Buning uchun ushbu ekinning plantatsiya maydonlari faol kengaytirilyapti, tayyor mahsulotni qayta ishlash va eksport qilish ham yo‘lga qo‘yilmoqda.

2023 yilda Toshkent viloyatidagi tut plantatsiyalari o‘rnida 3 294 gektar maydonda kavrak plantatsiyalarini barpo etish rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda ushbu viloyatida kavrak yetishtiriladigan umumiy maydon qariyb 500 gektarni tashkil etishini hisobga olsak, bu hududda kavrak plantatsiyalari maydoni 6,6 barobar ko‘payishini anglatadi.

Kavrakning ildizlari sut sharbatidan ziravor — asafetida olinadi. Bu ziravor Eron, Afg‘on va Kurd oshxonalarida go‘shtli taomlar tayyorlashda, Hindistonda esa guruch va sabzavotli taomlar pishirishda qo‘llanadi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »