2022 yilning dekabr oyida paxta yog‘i narxlari noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda o‘rtacha 1,5 % ga arzonlashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning dekabr oyida paxta yog‘i narxlari noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda o‘rtacha 1,5 % ga arzonlashgan.

Paxta yog‘i narxlari 2022 yil davomida o‘rtacha 7,4 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

2022 yilning dekabr oyida o‘tgan oyga nisbatan:

– O‘simlik yog‘lari narxlari – o‘rtacha 1,4 % ga arzonlashgan.

– Kungaboqar moyi narxlari – o‘rtacha 1,3 % ga arzonlashgan.

– Sariyog‘ narxlari – o‘rtacha 1,6 % ga oshgan.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda dorivor giyohlar yetishtirishga qiziqish bildirmoqda.

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchisi Tokiwa Phytochemical Co kompaniyasi prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Yaponiya tomoniga O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni zamonaviy sharoitda ko‘paytirish imkoniyatlari, bu borada investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi.

Kompaniya rahbari ko‘plab yapon ishlab chiqaruvchilari dorivor o‘simliklar ishlab chiqarish bo‘yicha Yaponiya bozorini diversifikatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Shu maqsadda qizilmiya ekstrakti ishlab chiqaruvchi dunyoning yirik kompaniyalari vakillari bilan birgalikda Yaponiya ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonga amaliy tashrif buyurib, mamlakatimiz korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish niyatida ekanliklarini bildirishdi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

2022 yilda issiqxonada pomidor yetishtirish 26 foizga oshdi.

2022 yilda O‘zbekistonda issiqxona mahsulotlari yetishtirish hajmi 2021 yilga nisbatan 11,1 foizga, issiqxona pomidorini yetishtirish esa 26 foizga oshdi. Shu bilan birga, issiqxona mahsulotlarining umumiy ishlab chiqarishida pomidorning ulushi 8,5 foizga ko‘tarildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra , 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston issiqxonalarida 301 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan, shundan 211 ming tonnasi pomidordir yaʼni issiqxonada yetishtirilgan umumiy mahsulotning 70,1 foizi.

Ayni paytda mamlakatimizda 3157 fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalari issiqxona mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ulat tarkibidagi issiqxonalarning umumiy maydoni 6,3 ming gektarni tashkil etadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Vengriya isteʼmolchilariga mahalliy kartoshka yetishmayapti

Haddan tashqari quruq yil hosilining kamligi, ishlab chiqarishning uzoq muddatga pasayishi va narx cheklovlari tufayli Vengriyada mahalliy kartoshka bir oy ichida tugashi mumkin.

2022 yilda Vengriyada yetishtirilgan 144 ming tonna kartoshka umumiy ovqatlanish korxonalari ehtiyojlarini hisobga olmasa ham, isteʼmolning faqat ⅔ qismini taʼminlay oladi.

«Bir oy ichida do‘konlarda Vengriyada yetishtirilgan kartoshka tugaydi», dedi Vengriya Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi vakili Eva Kulich.

Taʼkidlanishicha, mamlakat yillar davomida o‘zini kartoshka bilan taʼminlay olmagan, kartoshka ekiladigan maydonlar, ishlab chiqaruvchilar soni ham qisqargan.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Yangi Zelandiyaning Plant & Food Research Ltd kompaniyasida o‘rikning yangi navlari yaratildi

Yangi Zelandiyaning Plant & Food Research Ltd kompaniyasida o‘rikning yangi navlari yaratildi va hozirgi kunda ularni mamlakat bog‘bonlari sinovdan o‘tkazmoqda.

Ushbu danakli mevani yetishtiruvchilar yangi navlarning yaxshi taʼm sifati, tashqi ko‘rinish va saqlash muddatiga ega bo‘lishini maqsad qilishgan.

Kompaniya mutaxassislari yangi navlarni yaratish uchun jami 20 yil vaqt sarflashdi. Seleksiya ishlari boshlanishidan avval kechpishar Moorpark navlari, shuningdek, Yangi Zelandiyaga introdutsiyalangan Clutha navlari to‘plami va kechki navlarning Trevatt cross bloki o‘rganildi.

Ayni paytda o‘rikning yangi navlari Yangi Zelandiyadagi 20 ta bog‘dorchilik kompaniyasida sinovdan o‘tkazilmoqda. Tajriba bog‘larining umumiy maydoni 46 gektarga yaqin bo‘lib, ularda 44-46 ming tup uchta yangi nav – NZsummer2, 3 va 4 ekilgan.

Manba: EastFruit nashri

“Javelina”, “Mirami” va “Rodinna” — Ukrainada yangi hosildor kartoshka navlari yaratildi

Mazkur nav hosildorligi — 80 t/ga, yaʼni gektariga 80 tonna.

“Rodinna” navi UMFA Kartoshkachilik institutida yaratilgan yangilik bo‘lib, u xo‘raki, ildizi qizil, cho‘zinchoq-oval shaklda, po‘stloqosti sariq, saqlov muddati uzoq va mexanik shikastlanishga chidamlidir.

«Qayd etilishicha, yaqinda Ukraina Milliy fanlar akademiyasi prezidenti Yaroslav Gadzalo Ukraina Milliy agrar fanlar akademiyasining umumiy yig‘ilishidagi maʼruzasida mamlakat olimlari kartoshkaning ikkita yangi navi — “Mirami” va “Javelina”ni yaratgani haqida maʼlum qilgan.

Yil boshida esa Ukraina Milliy Fanlar akademiyasining Kartoshkachilik instituti direktori Nikolay Furdiga kartoshkaning yangi serhosil va mazali “Misteriya” navini namoyish etilgan edi.

O‘zbekistondan Transkaspiy yo‘nalishi orqali Yevropaga ilk marta yuk jo‘natildi.

O‘zbekistondan Bolgariyaning Burgas portiga «O‘rta transport yo‘lagi» bo‘ylab birinchi konteynerli blok poyezd jo‘nab ketdi.

«Ushbu yuk poyezdi mis konsentratidan iborat 46 ta vagon va 91 dona 20-futlik konteynerdan tashkil topgan. Konteyner poyezdi «O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Bolgariya/ Yevropa» yo‘nalishi bo‘ylab 4000 km dan ortiq masofani bosib o‘tadi», – deyiladi EastFruit nashrida.

«O‘rta yo‘lak» yoki Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi (TXTY) deb ham ataladigan transport yo‘lagi, aslida, Xitoydan Yevropaga yuklarni yetkazib berish uchun 2017 yilda faoliyat boshlagan Rossiya Transsib temir yo‘liga muqobildir.

U Xitoy, Qozog‘iston orqali Kaspiy dengizi akvatoriyasi, Ozarbayjon, Gruziya va undan keyin Turkiya hamda Yevropa mamlakatlariga o‘tadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

2022 yilda O‘zbekistondan meva-sabzavot importini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar oshirdi

Rossiya oziq-ovqat chakana savdo bozoridagi yetakchi riteylerlardan biri bo‘lmish “Magnit” tarmog‘i 2022 yilda O‘zbekistondan meva-sabzavot importini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar oshirdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2022 yil yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistondan “Magnit” do‘konlariga meva-sabzavot yetkazib berishning umumiy hajmi 3,5 milliard rubl yaʼni hozirgi 54,4 mln. dollardan ko‘paygan.

Xususan, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan xurmo importi qariyb ikki barobar, uzum ikki barobardan ziyod, olxo‘ri importi esa uch barobar oshdi.

Joriy yilda import strukturasi yangi mahsulot toifalari va navlari hisobiga kengaydi: anor, limon, shaftoli, olxo‘ri mevalari hamda va qovoq sabzavoti hamda ularning turli navlari shular jumlasidandir . Bundan tashqari, “Magnit” tarmog‘i O‘zbekistondan yong‘oq va yarimtayyor mahsulotlarni ham import qila boshladi.

Manba: EastFruit

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 127,2 ming tonna banan import qilingan.

Banan importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,4 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p banan import qilgan davlatlar:

• Ekvador – 125,9 ming tonna

• Qozog‘iston – 426 tonna

• Turkmaniston – 324 tonna

• Turkiya – 197 tonna

• Hindiston – 144 tonna

• Qirg‘iz R. – 99 tonna

• Xitoy – 19 tonna

Manba:

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »