«Uzbekistan Trade Info» savdo axborot platformasini ishga tushirdi.

Ministry of Investments, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan International trade
together with the Center launched the trade information platform «Uzbekistan Trade Info» (uztradeinfo.uz).

The national trade information platform «Uzbekistan Trade Info» was developed within the framework of the «Ready4Trade Central Asia» (R4TCA) project funded by the European Union.

This platform provides step-by-step information on export and import transactions for various categories of goods.

The platform is intended to expand the export-import potential of Uzbekistan by increasing the awareness of the participants of foreign economic activity about cross-border trade operations.

This platform is open to all entrepreneurs in our country and you can get the latest information about important processes such as export, import, logistics, certification!

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Barchangizni bahoriy yangilanish bayrami bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etamiz!

Yurtimizga tinchlik, har bir o‘zbek ahliga salomatlik, oilaviy farovonlik va ish faoliyatlarida zafarlar tilaymiz. Yangi davr yaxshi kayfiyat ila davom etsin!

O‘zbekiston, Navro‘zing muborak!

Ehtirom ila, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

O‘zbekistonda piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi.

.

Qozog‘istondan so‘ng 2023 yilning 20 yanvar sanasida ichki bozorda ushbu mahsulot narxini barqarorlashtirish, aholining isteʼmol talabini qondirish hamda mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy yil aprel oyi oxiriga qadar piyoz eksportiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatilganligini eʼlon qilgan edi.

Keyingi ikki hafta ichida qo‘shni davlatlar – Tojikiston va Qirg‘iziston hukumatlari ham xuddi shunday qaror qabul qildi.

Biroq, 2023 yil 3 mart kuni Qirg‘iziston Markaziy Osiyo mintaqasida piyoz eksportiga qo‘yilgan taʼqiqni muddatidan avval bekor qilgan birinchi mamlakat bo‘ldi.

Taxminan ikki hafta o‘tgach, Markaziy Osiyodagi ikkinchi davlat — ushbu mintaqada piyozning eng yirik eksportyori hisoblanadigan O‘zbekiston ham eksportga qo‘yilgan cheklovni muddatidan avval bekor qildi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Mamlakatimizda piyozning ulgurji narxlari dinamikasida pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda.

Narxlar monitoringiga ko‘ra, 2023 yil 3 martdan 10 martga qadar O‘zbekistonda piyozning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 7000 so‘mdan 6000 so‘mga, yaʼni 14 foizga arzonlashgan.

Oxirgi oyda shakllangan pasayish tendensiyasini hisobga olsak, 2023 yilning 10 fevralidan 10 martigacha ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi 25 foizga kamaygan.

O‘tgan yillar darajasi bilan solishtirilganda, hozirgi ulgurji narxlar yuqoriligicha qolmoqda. 2023 yilning 10 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda piyozning o‘rtacha ulgurji narxi o‘tgan yilning shu sanasidagi darajadan roppa-rosa 3 barobar, 2020-2021 yillarning shu sanasida qayd etilgan darajadan esa 5-6 karra yuqori bo‘ldi.

Manba: Eastfruit

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Sung Kyun boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga tashrif buyurdi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining iqlim strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sung Kyun boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti vakillari uyushma rahbariyati bilan oziq-ovqat tizimini yaratish bo‘yicha yo‘l xaritasini tuzishni muhokama qilishdi.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarish bo‘yicha barqarorlikka erishish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan tadbirkorlar o‘rtasida mamlakatimizda ilk bora biznes-uchrashuv tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan tadbirkorlar o‘rtasida mamlakatimizda ilk bora biznes-uchrashuv tashkil etilmoqda.

Tadbir 2023 yil 15 mart kuni «Tashkent City Palace» mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Unda kichik va o‘rta bizneslar uchun grantlar berish, mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish, GSP+da ishtirok etish, yashil iqtisodiyot loyihalarini moliyalashtirish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, tadbir doirasida panel sessiyalarning ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda mamlakatimizdagi barcha tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin! Tadbirda qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling:

+998997232111

+998908219656

O‘zbekiston 30 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 7,5 ming tonna mayiz eksport qilgan.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar oyida O‘zbekiston 30 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 7,5 ming tonna mayiz eksport qilgan.

Mayiz eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 464 tonnaga oshgan.

Yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p mayiz eksport qilgan davlatlar:

— Qozog‘iston – 3,4 ming tonna

— Rossiya – 910 tonna

— Xitoy – 511 tonna

— BAA – 454 tonna

— Turkiya – 386 tonna

— Eron – 299 tonna

— Belarus – 192 tonna

— Ozarbayjon – 121 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Aziz onajonlar va opa-singillar, muhtarama ayollar!

Barchangizni 8 mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» bilan samimiy muborakbod etamiz!

Har biringizga Xadichai Kubro onamiz, Fotima onamiz, Oisha onalarimiz baxtiday baxt tilaymiz!

Hamisha bahoriy kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin! Omad, go‘zallik va nafosat sizlarni hech qachon tark etmasin!

Hurmat bilan

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi!

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,6 ming tonna choy import qilgan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,6 ming tonna choy import qilgan

Choy importi hajmi o‘tgan \yilning mos davri bilan solishtirilganda 849 tonnaga oshgan.

Yanvar oyida O‘zbekiston eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:

– Xitoy – 2762 tonna

– Eron – 335 tonna

– Keniya – 144 tonna

– Hindiston – 113 tonna

– BAA – 76 tonna

– Shri-Lanka – 54 tonna

– Rossiya – 27 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Sabzavot yetishtirishda begona o‘tlarga qarshi kurashishga ko‘mak beruvchi lazer texnologiyasi joriy etildi.

Sunʼiy intellektli robototexnika sohasida yetakchilardan biri bo‘lmish Carbon Robotics kompaniyasi o‘zining LaserWeeder mashinasi innovatsiyalari rivojini davom ettirgan holda sohadagi birinchi LaserThinning funksiyasini taqdim etdi.

LaserThinning sabzavot ekinlari maqsadli ravishda ekilgan, so‘ngra optimal ekin oralig‘i, o‘sish va hosildorlik uchun yaganalangan joylarni mo‘ljalga oladi.

Yaganalash uchun lazerlardan foydalanish tufayli yangi yechim kimyoviy moddalar yoki qo‘l mehnatini talab qilmaydi, shamol yoki namlikdan taʼsirlanmaydi va uning yordamida kechayu kunduz ish bajarilishi mumkin.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »