OPEC Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistonga muhim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridi (importi) uchun savdoni moliyalashtirishda jami 100 million dollar ajratyapti.

“Tojikistonda limonning hatto chakana narxi 1 kg uchun 50 AQSH senti ekvivalentiga tushib ketgan — hech qachon nobunday bo‘lmagan edi. Fermerlar hayratda – pishib yetilgan limonlar shunchaki daraxtda qolib ketgan, chunki ularga talab yo‘q«, deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) xalqaro maslahatchisi Baxtiyor Abduvohidov.

O‘zbekistonda esa vaziyat biroz yaxshiroq, Toshkentdagi bir necha yirik supermarketlarda limon 1 kg uchun 1 dollardan biroz pastroq chakana narxda sotilmoqda, biroq bu yerdagi tendensiya ham mahalliy limon yetishtiruvchilarni xursand qilmayapti. Zero, yilning shu davrida chakana savdoda limon uchun bu qadar arzon narxlar bo‘lmagan.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

OPEC Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistonga muhim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridi (importi) uchun savdoni moliyalashtirishda jami 100 million dollar ajratyapti.

“O‘zbekiston don, sabzavot, shakar kabi mahsulotlarning netto-importyori hisoblanadi va bu mahsulotlarning deyarli 40 foizi ushbu mamlakatga Qora dengiz hududidan yetkazib beriladi. Ukrainadagi urushning global oqibatlari, jumladan, oziq-ovqat va xom ashyo narxlari oshishi sharoitida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasi juda muhimdir«, deyiladi OPEC Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi press-relizida.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, bu o‘rinda sabzavot deyilganda kartoshka tushuniladi. Chunki kartoshka O‘zbekistonning meva-sabzavot segmentidagi eng yirik import pozitsiyasidir va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda bu sabzavotning ahamiyati juda muhim.

Qayd etilishicha, ajratilayotgan mablag‘ O‘zbekiston oziq-ovqat bozorini arzon narxlardagi zarur tovarlar bilan barqaror taʼminlashga xizmat qiladi.

2022 yilning iyun oyida OPEC jamg‘armasi 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha o‘zining 1 milliard dollarlik Harakatlar rejasini eʼlon qildi. Bu reja asosiy tovarlar importini moliyalashtirishni taʼminlaydi va shu orqali hamkor mamlakatlarda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda barqaror oziq-ovqat taʼminotini taʼminlashga yordam beradi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

2023 yilning 28-30 mart kunlari «Oziq-ovqat, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFOOD – 2023” 22 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda joylashgan “O‘zekspomarkaz” binosida tashkil etiladigan mazkur ko‘rgazmada oziq-ovqat sanoatining yetakchi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va distribyutorlari ishtirok etadi.

Unda keng turdagi mahsulot va jihozlar bilan tanishish, hamkorlar topish imkoniyati mavjud.

Birgina 2022 yilda ushbu ko‘rgazmaga 6457 nafar biznes subyekti tashrif buyurgan bo‘lib, ulardan 4783 nafari xorijiy davlatlar yaʼni Avstriya, Ozarbayjon, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, BAA, Polsha, Belarusiya, Rossiya, AQSH, Tojikiston, Turkiya, Shveysariya vakillari bo‘lgan.

O‘z biznesingiz yana-da kengaytirish va yangi hamkorlar topishni istasangiz, ko‘rgazmada ishtirok eting!

Batafsil maʼlumot uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:

+998997232111

+998712203313

Hurmatli vatandoshlar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan samimiy qutlaymiz!

Hayotiy qadamlarimiz orasida doimo adolat hukmron bo‘lsin! Yurtimizning tinchiligi, xalqimizning farovonligiga hech qachon ko‘z tegmasin!

Hurmat bilan O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi…

O‘zbekiston 2022 yilda olma, banan, kivi, sitrus mevalari va boshqa mevalar importini keskin oshirdi.

Xususan, 2022 yilning 10 oyida mamlakatimizga meva importi hajmi rekord darajadagi 90 million dollarga yetdi, bu 2021 yilning shu davridagi importga nisbatan 2,1 baravar, 2020 yilning yanvar-oktyabr oylaridagi importga nisbatan qariyb uch barobar ko‘pdir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Investitsiyalar departamenti iqtisodchisi Andrey Yarmakning fikricha, importning bunday yuqori surʼatlarda o‘sishi, qisman, O‘zbekistonda xalqaro savdoni liberallashtirishning davom etayotgani bilan izohlanadi.

Importning keskin oshishiga yana bir sabab 2021 yilda olma hosilining muvaffaqiyatsizlikka uchragani va 2021-2022 yillarning qish mavsumida ular narxining keskin oshishi bo‘ldi.

Uchinchi sabab – mamlakat aholisining jadal o‘sib borishi va O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish surʼatlarining davom etayotgani hamda 2022 yilda mamlakatimizga kelgan xorijliklar sonining ortishidir.

To‘rtinchi sabab, albatta, oziq-ovqat chakana savdosining davom etayotgan dinamik rivojlanishi, qoida tariqasida, import qilingan mevalarni sotishda eng kuchli hisoblanadi, – deydi Andriy Yarmak.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Qadrli tadbirkorlar!

2023 yil 21-25 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida “SIGEP” xalqaro hunarmandchilik, qahva, qandolat va non mahsulotlari ko‘rgazmasining bo‘lib o‘tishi kutilmoqda!

Bu yerda siz o‘z biznesingiz uchun eng yaxshi yangi mahsulotlar: xom ashyo va ingrediyentlar, mashina va jihozlar, shuningdek, mebellar, qadoqlash jihozlari va outsorsing xizmatlarini topishingiz mumkin!

Ko‘rgazmaning 2023 yilgi tadbirlari qandolatchilikka bag‘ishlangan turli dasturlar bilan yana-da qiziqarli va boy o‘tadi.

Xususan, siz «Pastry Arena» ko‘rgazmasida eng yirik xalqaro qandolatchi oshpazlar va professionallar tomonidan tayyorlangan barcha yangi taomlarni taʼtib ko‘rish, zamonaviy tendensiyalar bilan tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Pokistonning «TCS KARDO» logistika kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida mamlakatimiz savdo yo‘llarini ushbu kompaniya yordamida Afg‘oniston orqali Hind okeaniga qadar ulashga kelishib olindi.

Endilikda mahalliy tadbirkorlarimiz mazkur memorandum yordamida Pokistondan oziq-ovqat mahsulotlari va ularni ishlab chiqarish uchun zarur hisoblangan xomashyolarni hamyonbop narxlarda qisqa muddat ichida qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Pokistonning «TCS KARDO» logistika kompaniyasi vakillari O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga tashrif buyurishdi.

Xorijiy mehmonlarni uyushma raisi Bahodir Umirshayxov kutib oldi. Dastlab, tomonlar o‘z faoliyatlari haqida maʼlumot almashishdi.

Shundan so‘ng, ikki mamlakat vakillari o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, eksport-import hamda logistika sohasida hamjihatlikda ishlashga doir masalalarni muhokama qilishdi.

Pokistonlik tadbirkorlar uyushma faoliyatiga katta qiziqish bildirishdi va keyin O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga doir taqdimot namoyish etildi.

Muhokamalardan so‘ng, uyushma qoshida «TCS KARDO» kompaniyasining filiali ochildi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

24-26 noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul ko‘rgazma markazida «Butunjahon halol sammiti» (World Halal sammit) bo‘lib o‘tdi.

Sammitda moliya, turizm, oziq-ovqat, tibbiyot, farmatsevtika, kosmetika, to‘qimachilik, moda sohalarida halol faoliyat olib borishga oid mavzularda anjumanlar tashkil etildi.

3 kun davom etgan tadbirda dunyoning 96 mamlakatidan kelgan mehmonlarga xalqaro akademiklar va fiqh mutaxassislari ishtirokida halol sektoriga oid so‘nggi ishlanmalar hamda yangiliklar taqdim etildi.

«Barqaror savdo uchun: halol sanoatining barcha jihatlarini o‘rganish» mavzusida bo‘lib o‘tgan sammitda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari ko‘magida o‘nga yaqin o‘zbek tadbirkorlari ham ishtirok etdi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi va Qirg‘iziston Sut assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuv doirasida sut sanoati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, sohani rivojlantirish uchun axborot almashinuvi samarali yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Memorandumga ko‘ra, tomonlarning o‘z vakolatlari doirasida o‘zaro manfaatli sohalarda tadbirkorlik kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashishi, qo‘shma loyiha va dasturlarni hamjihatlikda amalga oshirishi, texnik yordam va maslahatlar uchun xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda qo‘shma tahliliy tadqiqotlar o‘tkazishi, maʼlumotlar, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot almashinuvi, xodimlar o‘rtasida tajriba almashish va qo‘shma konferensiyalar, davra suhbatlarini tashkil etishi lozimligi belgilandi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »