2D bog‘ning yana bir afzalligi — turli muammolarni aniqlash uchun sensorlardan foydalanish xususiyati: daraxt o‘sishining kechikishi yoki ilgarilab ketishi, barglar rangga kirishi jarayonidagi oqsashlar, gullash intensivligini aniqlash va hokazo.
Shunga o‘xshash vizual tahlilni inson ham amalga oshirishi mumkin, ammo hozirgi kunda buni qishloq xo‘jaligi droni yoki sensorli traktor yordamida tezlik bilan amalga oshirish imkoni bor. Albatta, har bir daraxtning holatini aniqlash uchun bog‘ GPS yordamida barpo etilgan bo‘lishi kerak.
Bunday tahlil asosida daraxtlarni zararkunanda va kasalliklardan himoyalashda tanlov yo‘li bilan ishlov berish mumkin va bu narxi qimmat bo‘lmish o‘simliklarni himoyalash vositalarini (O‘HVni) 70-80% gacha tejash imkonini beradi.
Mazkur usul bog‘bon uchun katta qo‘shimcha mablag‘ bo‘lib, zaharli O‘HVdan ortiqcha foydalanishdan atrof-muhitni himoyalaydi!
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313