Kembrij Markaziy Osiyo forumi raisi Siddxart Saksenning so‘zlariga ko‘ra, SHHT Samarqand sammiti barchani birlashtirish orqali keyingi rivojlanish nuqtai nazaridan muhim rol o‘ynadi.
Sammitda Prezident Shavkat Mirziyoyev global hamjamiyat uchun muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Markaziy Osiyoning ijobiy tajribasi bugungi kunda Global Samarqand tashabbusiga aylanib bormoqda. Tadbirda Xitoy va Hindistondan Turkiya va Turkmanistongacha bo‘lgan turli xil siyosiy va ijtimoiy tizimlar vakillari umumiy maqsad uchun birlashdilar.
Bu inklyuzivlik va multilateralizmning haqiqiy namoyonidir, madaniyatlararo o‘zaro taʼsir ruhidir, desak, adashmaymiz.
Sammit qanday jonli bo‘lganini ko‘rdik. U amaliy tarkibga to‘la bo‘ldi, haqiqiy munozara maydoniga aylandi, turli xil qarashlarga qaramay, umumiy kelajakka qanday qadam qo‘yishni birgalikda muhokama qilish mumkinligini namoyish etdi.
Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
