Forum doirasida USAID ning Markaziy Osiyodagi Savdo bo‘yicha vakili tomonidan «Bojxona xizmatlarini raqamlashtirish: Qog‘ozsiz savdoga yo‘l» mavzusida Olmota shahrida seminar-trening tashkil etildi.

Unda markaziy Osiyo hukumatlari va xususiy sektor tashkilotlari uchun mintaqaviy savdoni rivojlantirish maqsadida raqamli transformatsiyani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Treningda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari ham ishtirok etib, savdoni rag‘batlantirish, bojxona va savdoni raqamlashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.