2022 yil 5 oktyabr kuni qishloq xo‘jaligi sohasida ilk bor Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida respublika miqyosidagi Birinchi anor festivali o‘tkaziladi.
Tadbirda mahalliy va xorijiy anor yetishtiruvchilar hamda anor sharbati ishlab chiqaruvchilar, 8 davlatning muxtor elchilari, 20 dan ziyod OAV vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Festival doirasida O‘zbekistonda yetishtirilgan anordan ”Eng mazali anor sharbati – 2022”, ”Eng mazali anor navi”, ”Eng katta anor – 2022”, ”Eng chiroyli anor tozalash” kabi tanlovlar o‘tkazib, g‘olib bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklari xamda qishloq xo‘jaligi korxonalarini maxsus sovg‘alar bilan taqdirlash rejalashtirilgan.
Agarda siz ham festival va uning doirasidagi tanlovlarda qatnashishni istasangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilib, batafsil maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin:
+998997232111
+998712203313