O‘zbekiston Xitoyga limon eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi!

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekistonda yetishtirilgan limonni Xitoyga eksport qilish uchun ruxsatnoma olindi.

Qayd etilishicha, ushbu sitrus meva jahonning 15 ga yaqin mamlakatiga, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasiga ham eksport qilinadi.

O‘zbekistonda limonning, asosan, “Mir” va “Mayer” navlari yetishtiriladi. Ushbu turdagi sitrus meva hosili oktyabr-noyabr oylarida yig‘ib olishga tayyor bo‘ladi va uni saqlashda zarur shart-sharoitlar yaratilsa, may oyiga qadar ham daromad olish mumkin.

Bugungi kunga qadar respublikamiz hududidagi 10 ga yaqin qadoqlash korxonasi, 100 dan ortiq issiqxona Xitoy fitosanitariya xizmati talablariga javob bera olishi tasdiqlangan.

Malumot uchun, 2022 yil boshidan buyon O‘zbekistondan 3 ming tonnaga yaqin limon eksport qilingan.

7 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 18,1 ming tonna olma eksport qildi.

2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 7 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 18,1 ming tonna olma eksport qildi.

Olma eksporti 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,1 ming tonnaga oshdi.

2022 yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar quyidagilar:

– Qozog‘iston – 12,6 ming tonna

– Rossiya – 3,9 ming tonna

– Qirg‘iz R. – 1,3 ming tonna

– Turkmaniston – 163 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »